Shifokor xolesterinni dorilarsiz qanday kamaytirish mumkinligini aytdi

CC0 / Pixabay / Ulrike Leone / Sushenie yabloki
Sushenie yabloki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, 75 gramm quritilgan olma xolesterinni 15-20% ga kamaytiradi - bu ba’zi dorilarning ta’siri bilan taqqoslasa bo‘ladi.

TOShKENT, 18-iyun - Sputnik. Organizmdagi “yomon” xolesterin darajasini dorilarsiz, o‘z ovqat ratsioningizga bir qator foydali mahsulotlarni qo‘shish bilan kamaytirish mumkin, dedi shifokorlar “Rossiya 1” telekanalida “O samom glavnom” (“Eng muhimi haqida”-tahr) ko‘rsatuvida.

Ko‘rsatuv boshlovchisi Sergey Agapkinning ta’kidlashicha, odam xolesterinning atigi 20 foizini oziq-ovqat bilan oladi, qolganini jigar ishlab chiqadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu modda tanada muhim rol o‘ynaydi, chunki undan ko‘p miqdordagi gormonlar - testosteron, estrogen, buyrak usti bezi gormoni va vitaminlar sintezlanadi.

O‘z navbatida, parhezshunos shifokor Mixail Ginzburg xolesterin “ta’mirlovchi” funksiyasini ham bajarishini ta’kidladi - u arteriyalarning ichki holatini yaxshilaydi.

Uning ortiqchaligi yoki yetishmasligi tana uchun foyda emas, balki zarar keltiradi, deya tushuntirdi shifokorlar.

“Xolesterin darajasi bir litrga 5,5 millimoldan oshsa, biz bu ko‘rsatkich haddan tashqari ekanligini ta’kidlaymiz”, - deb tushuntirdi u.

Ginzburgning ta’kidlashicha, “jigardan boshqa a’zolarga” tarqaladigan xolesterin “yomon” xolesterin deb ataladi, u lipid to‘planmalarga yig‘ilib hajmini oshiradi. Bunday xolesterin qon tomirlari devorlariga yig‘iladi, ularni to‘sib, a’zolarga qon ta’minotini buzadi.

Testirovanie na COVID-19 v laboratorii NII Sklifosovskogo - Sputnik O‘zbekiston
Olimlar COVIDning diabetga kutilmagan ta’sirini aniqladilar

Parhezshunosning aytishicha, xolesterinni ba’zi oziq-ovqat mahsulotlari bilan normallashtirsa bo‘ladi. Piyoz va sarimsoqni kunlik iste’mol qilish bilan, organizm tomirlarning devorlarida aterosklerotik tugunlar o‘sishi va yallig‘lanish paydo bo‘lishidan himoya qiladigan zarur miqdordagi bioaktiv moddalarni oladi.

Undan tashqari, quritilgan olma ham foydalidir, deydi shifokor. Uning tarkibidagi ozuqa tolalari qon tomirlari devorlaridagi xolesterinni parchalanishiga va organizmda uning miqdorini pasayishiga yordam beradi.

“Bu bilan ateroskleroz teskari yo‘nalishni oladi, <…> aslida bu tanani yosharishini anglatadi", - dedi shifokor.

Agapkinning so‘zlariga ko‘ra, kuniga 75 gramm quritilgan olma xolesterinni 15-20% ga kamaytiradi - bu ba’zi dorilarning ta’siri bilan taqqoslasa bo‘ladi.

Mahsulotlar ro‘yxatiga, shuningdek, pomidor, tomat pastasi va sharbati, seld balig‘i, skumbriya, sardina, sayra va boshqa omega-3 ko‘p to‘yinmagan yog‘li kislotalarga boy shimoliy dengizlarning boshqa yovvoyi baliqlari ham kiradi.

“Bu yog‘ kislotalari yaqqol yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega va aterosklerozning asoratlari xavfini kamaytiradi”, - dedi Ginzburg.

Yangiliklar lentasi
0