Rossiyada Tor-M2 havo mudofaa tizimining suv to‘siqlarini yengib o‘tishga qodir versiyasi ishlab chiqilmoqda, deydi Qurolli kuchlar qo‘shin harbiy havo mudofaasi boshlig‘i general-leytenant Aleksandr Leonov.
“Ixtisoslashtirilgan g‘ildirakli shassida o‘rnatilgan Tor-M2 modifikatsiyasi ishlab chiqilmoqda. Jangovar mashinaga qo‘yiladigan asosiy talab suv to‘siqlarini yengib o‘tishdir”, - dedi Leonov "Natsionalnaya oborona" jurnaliga bergan intervyusida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, “Tor-M2DT” havo mudofaasi tizimlari Arktikada va Uzoq Shimolda joylashgan havo mudofaasi bo‘linmalarini jihozlash uchun yetkazib beriladi, bu esa bugungi kunda ushbu mintaqaga bir qator davlatlarning qiziqishlari ortib borishi nuqtayi nazaridan "katta ahamiyatga ega".
"Tor-M2" - bu har qanday ob-havo sharoitida ishlaydigan taktik zenit-raketa majmuasi bo‘lib, jangovar harakatlar o‘tkazilishida va marshda divizion bo‘linma darajasida havo mudofaasi, aloqa bog‘lanmalarini himoyasi, qo‘mondonlik punktlari va boshqa obyektlarni himoya qilishga mo‘ljallangan.
Sputnik radiosi efirida harbiy-sanoat komissiyasi hay’atining Ekspertlar kengashi a’zosi Viktor Muraxovskiy uning xususiyatlari to‘g‘risida gapirib berdi.
"Mashina allaqachon ommaviy ishlab chiqarila boshlagan, bizning qirg‘oq va quruqlik kuchlarimiz Arktika brigadalariga yetkazib beriladi. Ikki bo‘linmali urmalamali transportorga o‘natilgan. Birinchi bo‘linmada boshqaruv tizimi, ikkinchi bo‘linmada havo nishonlariga zarba beradigan raketa modullari. “Tor” yuqori aniqlikdagi qurollar elementlarini, ya’ni qanotli raketalar va ularni tashuvchilari bo‘lgan kemalar, samolyotlar, boshqariluvchi aviatsion bombalari, radiolokatorlarga qarshi raketalar va uchuvchisiz apparatlar yo‘q qilish uchun yaratilgan. Zarba berish masofasi 16 kilometr va 12 kilometr balandlikdagi nishonga urishi imkoniyatiga ega “Tor”, shu jumladan suzuvchi varianti qo‘shinlar havo mudofaasining asosiy boshlang‘ich bo‘g‘inidir", - dedi Viktor Muraxovskiy.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu majmua joylashishining turli xil variantlari, shu jumladan modulli varianti ishlab chiqilgan.
"Modulli variant ham mavjud bo‘lib, unda bitta blokka joylashtirilgan butun tizim dengiz flotining kemalariga va hatto fuqarolik kemalariga o‘rnatilishi mumkin, agar ular kemalarga qarshi raketalari tomonidan va havodan xavf bo‘ladigan hududda ishlasa. Ya’ni bu keng imkoniyatlarga ega universal majmuadir" – deya ta’kidladi Viktor Muraxovskiy.
Uning so‘zlariga ko‘ra, majmua o‘zining samaradorligini isbotlab bo‘ldi - xususan, undan Suriyadagi Rossiya aviabazasi himoyasida muvaffaqiyatli foydalanilgan.
"Uning asosiy ustunligi shundaki, u amalda o‘z samaradorligini isbotladi. Xmeymimdagi aviabazamizni qamrab olgan ushbu mashinalarning oz miqdori jangarilar bizning aviabazamizga qo‘llamoqchi bo‘lgan 45 uchuvchisiz uchish apparatlarini yo‘q qilishdi. Ushbu majmua reaktiv o‘t ochish tizimlarning raketalarini ham urishi mumkin, shu jumladan jangarilar qo‘lbola tayyorlaganlarini ham", - deya xulosa qildi Viktor Muraxovskiy.