“Burgut panjasi”: Turkiya Iroqda kurdlarga qarshi yangi harbiy operatsiyani boshladi

© AFP / OZAN KOSE Tureskiy politseyskiy
Tureskiy politseyskiy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turkiya qurolli kuchlari yakshanba kuni Iroq shimolida, mamlakatda taqiqlangan Kurdiston ishchilar partiyasi (KIP) a’zolariga qarshi “Burgut panjasi” nomli operatsiyani boshladi.

TOShKENT, 15-iyun — Sputnik. Turkiya qurolli kuchlari yakshanba kuni Iroq shimolida, mamlakatda taqiqlangan Kurdiston ishchilar partiyasi (KIP) a’zolariga qarshi “Burgut panjasi” nomli operatsiyani boshladi. Bu haqda RIA Novosti TRT’ga asosan xabar qildi.

Zenitniy raketniy kompleks S-400 Triumf - Sputnik O‘zbekiston
Turkiya Rossiyadan S-400ning yangi partiyasini xarid qiladi

“Samolyotlarimiz terrorchilarning boshlariga qoya toshlarni uloqtirmoqda”, - degan iqtibosni keltiradi kanal Twitter-akkauntida.

Iroq shimolida KIP bazalari bor, ularga qarshi Turkiya qurolli kuchlari havo va quruqlikdagi operatsiyalarni amalga oshirmoqda.

2015 yil iyul oyida Turkiyada partiya bilan qurolli to‘qnashuv qayta boshlanganidan so‘ng, mingga yaqin harbiy va politsiya xodimi, shuningdek, 500 ga yaqin tinch aholi kurd isonchilarining hujumlari natijasida halok bo‘ldi.

Turkiya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu davrda xavfsizlik kuchlari o‘n mingdan ortiq PKK a’zolarini yakson qildi.

Yangiliklar lentasi
0