Xitoy - Yevropa tranzit yo‘li ham O‘zbekiston ham Rossiya uchun foydali - mutaxassis

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVokzal "Tashkent-Yujniy" posle rekonstruksii
Vokzal Tashkent-Yujniy posle rekonstruksii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xitoydan Yevropaga O‘zbekiston orqali o‘tgan tranzit temir yo‘li savdo aloqalarini rivojlantirishga va investitsiyalar oqimining o‘sishiga kuchli turtki bo‘ladi deb hisoblaydi mutaxassis.

TOShKENT, 9-iyun - Sputnik. Xitoy yuklarni Yevropa bozorlariga yetkazib berish uchun O‘zbekiston orqali ikkinchi tranzit temir yo‘l koridorini ishga tushirdi. Rossiya eksport markazi (RES) eksport logistikasini rivojlantirish bo‘yicha loyiha rahbari Alevtina Kirillova bu mintaqa iqtisodiyotiga qanday ta’sir qilishini tushuntirib o‘tdi.

Podvijnoy sostav na putax sortirovochnoy stansii - Sputnik O‘zbekiston
Xitoy O‘zbekiston orqali Yevropaga chiqadigan yangi transport koridorini ishga tushirdi

Mutaxassisning fikriga ko‘ra, Xitoy doim ham Yevropaga eng tez va eng arzon transport yo‘llari qiziqish bildirgan. Xitoyning ko‘proq shimoliy provinsiyalariga hizmat ko‘rsatgan shimoliy yo‘nalish Rossiya va Qozog‘iston orqali o‘tgan bo‘lib muvaffaqiyatli ishlab kelmoqda. Janub yo‘nalish esa ko‘proq O‘rta Osiyo, Kaspiy dengizi, Kavkaz va undan keyin Yevropaga qaratilgan.

"Janubiy yo‘lak, TRACECA loyihasi kabi, mintaqaviy rivojlanish va Xitoy, Markaziy Osiyo va Kavkaz mamlakatlari o‘rtasidagi savdo va transport aloqalarini mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega. Lanchjou - Toshkent yangi ochilgan yo‘li aynan janubiy koridor yo‘nalishlariga mos tushadi. Aytish joizki, Xitoydan O‘zbekistonga Qirg‘iziston orqali o‘tish yo‘li Xorgos (Xitoy va Qozog‘iston chegarasi) orqali o‘tadigan yo‘lga qaraganda qisqaroq, bu besh kungacha yetkazib berish vaqtini tejashga imkon beradi, bu konteynerlar aylanishi va jo‘natuvchilarning pul aylanmalari nuqtayi nazaridan muhimdir", - deya tushuntiradi ekspert.

Uning eslatishicha, O‘zbekiston va Turkmanistonning sa’y-harakatlari tufayli Turkmaniston-Farob temir yo‘l va avtomobil ko‘priklari qurilgan bo‘lib, ular O‘rta Osiyo mamlakatlariga Yaqin va O‘rta Sharq bozorlariga eng qisqa yo‘l bilan chiqish imkonini berdi. Ashxobod bitimi doirasida Rossiya-Qozog‘iston-O‘zbekiston-Turkmaniston-Eron-Ummon-Hindiston subregional transport yo‘lagini shakllantirish ishlari boshlandi.

Ministr promishlennosti  rudnikov i torgovli Irana Reza Raxmani - Sputnik O‘zbekiston
Eron Fors ko‘rfazidan O‘zbekistonga tranzit koridor ochib berishga tayyor

Shuningdek, Xitoy va O‘zbekistonni Qirg‘iziston hududi orqali bog‘laydigan temir yo‘l qurilishini loyihalashtirilishi boshlandi. 2019-yilda Qirg‘iziston Rossiyaga Xitoydan respublikaga janubi orqali o‘tishi kerak bo‘lgan yo‘l loyihasida ishtirok etishga taklif qildi, va keyinchalik ushbu magistral Xitoyni O‘zbekiston bilan va Afg‘oniston, Eron va Turkiya orqali - Yevropa bilan bog‘lashi kerak, bu TMTMga o‘rinbosar yo‘l bo‘ladi.

"Ushbu temir yo‘l o‘zaro savdo aloqalarini rivojlantirishga va investitsiyalar oqimining o‘sishiga kuchli turtki bo‘ladi. Bunga yangi, eng qisqa transkontinental yo‘laklar: Xitoy-Markaziy Osiyo - Kavkaz - Yevropa va Xitoy - Markaziy Osiyo - Afg‘oniston – Eron yo‘laklarini yaratish orqali erishish mumkin va bu yo‘laklar amaldagi yo‘laklardan 1000 km qisqaroq (Xorgos orqali - 1292 km, Dostik orqali - 1831 kmga qisqaroq)», - deya qo‘shimcha qildi Kirillova.

Rossiya allaqachon loyihaga o‘z qiziqishini bildirdi. Janubiy-Sharqiy Osiyodan Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga chiqa oladigan bunday Markaziy Osiyo koridorlarini rivojlantirishda Rossiya Federatsiyasi logistika xizmatlari va kompaniyalari rivojlanishida o‘z istiqbollariga ega. Bu transport xizmatlari eksportini ko‘paytirishni ta’minlaydi va Rossiya kompaniyalarining xalqaro transport bozorlarida ishtirok etish imkoniyatlarini oshiradi.

Sputnik radiopodkastida batafsil sharhni tinglang.

Kirillova: tranzitniy koridor iz Kitaya v Yevropu vigoden Uzbekistanu i RF
Yangiliklar lentasi
0