TOShKENT, 2-iyun - Sputnik. Lavochkin nomidagi Ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi 2021-yilda shartnomani imzolab, Arktika mintaqasini masofadan turib tekshirish uchun uchta "Arktika-M" kosmik kemani ishlab chiqarishni rejalashtirmoqchi. Bu haqda RIA Novostiga Lavochkin nomidagi IIChB bosh direktori Vladimir Kolmikov ma’lum qildi.
Avvalroq Kolmikov birinchi "Arktika-M" meteorologik kosmik kemasini yil oxirida uchirish rejalashtirilganligi, ikkinchi kosmik kema 2023-yilda ishga tushirilishi rejalashtirilgan kosmik kema ishlab chiqarilishi davom etayotgangini haqida ma’lum qilgan edi.
"Yana uchta apparat ishlab chiqarishga doir shartnomani 2021-yilda imzolash rejalashtirilmoqda. Ayni paytda ishlab chiqarish tannarxining texnik-iqtisodiy asoslash ustida ish olib borilmoqda", - dedi u.
Jihozlar to‘plami jihatidan "Arktika-M" "Elektro-L" turkumidagi geostatsionar meteorologik apparatlarga o‘xshash bo‘ladi. Sun’iy yo‘ldosh yuqori elliptik orbitada joylashtiriladi, bu unga Rossiyaning "Elektro-L" sun’iy yo‘ldoshlaridan sustroq ko‘rinadigan Yerning qutb mintaqalari holati to‘g‘risida meteorologik va gidrologik ma’lumotlarni to‘plash imkonini beradi.
"Arktika-M" ikkita kosmik kemasi orbitaga chiqarilgandan so‘ng Gidrometeorologiya markazi doimiy ravishda atmosfera va Yerning qutblaridagi holati to‘g‘risida tezkor ma’lumotlarni uzluksiz olishga qodir bo‘ladi.
Bu qisqa muddatli ob-havo prognozlarini tayyorlashda modellarning aniqligini yaxshilaydi va olimlarga global iqlim o‘zgarishi fenomenini o‘rganish uchun ko‘p yangi ma’lumotlarni taqdim etadi.