TOShKENT, 26-may — Sputnik. Moskvda bir sutkada rekord darajadagi 8033 nafar bemor koronavirusdan tuzalib ketdi. Bu haqda shahar merining ijtimoiy rivojlanish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Anastasiya Rakova ma’lum qildi.
“O‘tgan sutka davomida davolanishdan so‘ng bir yo‘la 8033 kishi tuzalib ketdi. Bu rekord darajadagi kishi. Infeksiyadan tuzalib ketganlarning umumiy soni 61 619 kishiga yetdi. Umid qilamizki, ushbu ijobiy o‘sish davom etadi”, - deya qayd etgan Rakova.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Moskvada 166 mingtadan ziyod koronavirus yuqtirib olish holati qayd etilgan. Shulardan 61 mingdan ziyodi tuzalib ketgan, 2 mingdan ziyodi esa vafot etgan.