Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga yordam berishga tayyorligini bildirdi

© Press-slujbaIz-za proriva dambi v Sirdarye, v Kazaxstane evakuirovali jiteley sel
Iz-za proriva dambi v Sirdarye, v Kazaxstane evakuirovali jiteley sel - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu kutilmagan texnogen ofat nafaqat aholimizga, balki qo‘shni qozoq birodarlarimizga ham ortiqcha tashvish va ziyon yetkazganidan judayam xijolatdamiz. Ularning aholi yashash joylari va ekin maydonlari zarar ko‘rganidan, albatta, biz juda afsusdamiz, dedi Mirziyoyev.

TOShKENT, 5-may - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sardobadagi texnogen ofat tufayli Qozog‘istonning janubiy qismidagi hududlar ham zarar ko‘rgani, O‘zbekiston hukumati tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha qo‘shni davlat bilan yaqindan hamkorlik qilishini aytib o‘tdi.

K-J. Tokayeva - Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘istonning 10 ovulini suv bosdi, 22 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilindi – Toqayev

"Afsuski, Sardobadagi ofat natijasida biz bilan chegaradosh bo‘lgan yon qo‘shnimiz — Qozog‘iston Respublikasi Turkiston viloyati Maqtaral tumanining ayrim aholi punktlarini ham suv bosdi. Biz Qozog‘iston Prezidenti, hurmatli Qosim-Jo‘mart To‘qayev bilan telefon orqali bu masalani o‘zaro tushunish va ochiqlik ruhida atroflicha muhokama qilib oldik.

Kuni kecha Turkiston viloyati hokimi Umirzoq Shukeyev boshchiligidagi delegatsiya voqea joyida bo‘lib, vaziyatni har tomonlama chuqur o‘rgandi. Biz qardosh qozoq xalqi bilan azal-azaldan bir darodan suv ichib, o‘zaro quda-anda bo‘lib, et bilan tirnoqdek yaqin bo‘lib yashaganmiz. Quvonchli kunlarda ham, sinovli damlarda ham hamisha bir-birimizga yelkadosh bo‘lib, qo‘llab-quvvatlab kelganmiz.

Ushbu kutilmagan texnogen ofat nafaqat aholimizga, balki qo‘shni qozoq birodarlarimizga ham ortiqcha tashvish va ziyon yetkazganidan judayam xijolatdamiz. Ularning aholi yashash joylari va ekin maydonlari zarar ko‘rganidan, albatta, biz juda afsusdamiz", - dedi Mirziyoyev.

O‘zbekiston yetakchisining ta’kidiga ko‘ra, mamlakat hukumati, tegishli vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar, boshqa mutasaddi va mutaxassislar qozog‘istonlik hamkasblar bilan birgalikda tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha yaqindan hamkorlik qiladi.

Yangiliklar lentasi
0