Rospotrebnadzor Rossiyada koronavirus epidemiyasining cho‘qqisini taxmin qildi

© Sputnik / Mikhail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishDezinfeksiya Kiyevskogo vokzala v Moskve
Dezinfeksiya Kiyevskogo vokzala v Moskve  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Professorning ta’kidlashicha, tabiat omili ham koronavirus tarqalishining sekinlashishiga ta’sir qilishi mumkin.

TOShKENT, 30 apr - Sputnik. Rossiyada koronavirus infeksiyasining tarqalishi cho‘qqisi may o‘rtalarida o‘tishi mumkin. Ushbu fikr bilan Rospotrebnadzor Epidemiologiya Markaziy ilmiy-tadqiqot instituti direktori, tibbiyot fanlari doktori, professor, RFA akademigi Vasiliy Akimkin Birinchi kanalning efirida bo‘lishdi.

Uzbekistan otpravil v Rossiyu chetvertuyu partiyu gumanitarnoy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyaga O‘zbekistondan insonparvarlik yordamining to‘rtinchi partiyasi yetib keldi

"Prognostik ma’lumotlarga ko‘ra, eng yuqori cho‘qqi - maksimal kasallanish may oyining o‘rtalarida yuz beradi. Shundan so‘ng kasallanish pasayadi", - deb taxmin qildi ekspert.

Uning so‘zlariga ko‘ra, cheklash choralari infeksiyani ko‘payishi sur’atini pasayishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Biroq Akimkin, koronavirus infeksiyasini ko‘payishi tekkisligiga chiqish haqida gapirishga hali erta, deb hisoblaydi.

"Bugun biz odamlarning tarqalishidagi ijtimoiy omilning asl ahamiyatini kuzatapmiz, muloqotlar yo‘qligi imkoniyatlarini. <...> Biz kasallanishning silliq tendensiyasini kuzatapmiz", - deb ta’kidladi Akimkin.

Professorning ta’kidlashicha, tabiat omili ham koronavirus tarqalishining sekinlashishiga ta’sir qilishi mumkin.

"Tabiiy izolyatsiya - bu har qanday mikroorganizm uchun zararli bo‘lgan quyosh nurlari, ultrabinafsha nurlar", - deya xulosa qildi u.

 Soveshanie prezidenta Rossii Vladimira Putina s glavami regionov  - Sputnik O‘zbekiston
Putin Rossiyada dam olish kunlari uzaytirilishini e’lon qildi

COVID-19 pandemiyasi

Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 11-mart kuni COVID-19 yangi koronavirus infeksiyasi tarqalishini pandemiya deb e’lon qildi. BSSTning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda 2,9 milliondan ortiq kasallanish holati qayd etilgan, 202 mingdan ortiq odam vafot etgan.

Rossiyada 99 mingga yaqin yuqumli kasallikka chalinish holati qayd etildi, o‘n mingdan ortiq odam davolandi, mingga yaqin vafot etdi. Hukumat aholini barcha ehtiyot choralarini, jumladan jamoat joylarida masofani saqlashga chaqirdi.

O‘zbekistonda kasallanganlar soni 2002 kishini tashkil etadi. Tuzalganlar 1096 nafar. 9 kishi vafot etdi.

Yangiliklar lentasi
0