Yelsin va Putinning shaxsiy uchuvchisi vafot etdi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishSamolet prezidenta RF Vladimira Putina v aeroportu Tashkenta
Samolet prezidenta RF Vladimira Putina v aeroportu Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Grigoriy Beloded "Rossiya" maxsus parvoz otradida Rossiyaning birinchi prezidenti Boris Yelsin parvoz qilgan ekipaj komandiri sifatida ishlagan. Keyinchalik u Vladimir Putinning shaxsiy bosh uchuvchisiga aylangan

TOShKENT, 30 apr - Sputnik. Rossiya prezidentlarining shaxsiy uchuvchisi Grigoriy Beloded 73 yoshida vafot etdi, deb xabar berdi "Komsomolskaya pravda" nashri uchuvchining o‘g‘li Yaroslavga tayangan holda.

V Moskve prezentovali sedan i limuzin Aurus - Sputnik O‘zbekiston
Putinning yangi limuzinini birinchi marta Qirg‘izistonda ko‘rishadi

Ma’lum bo‘lishicha, Yaroslav otasiga qo‘ng‘iroq qilib tusha olmagach, uning uyiga borgan. Beloded bu vaqtda vafot etgan edi. Jasad morgga olib ketilgan, u yerda sud-tibbiyot eksperti o‘lim sabablarini aniqlagan.

Grigoriy Beloded "Rossiya" maxsus parvoz otradida Rossiyaning birinchi prezidenti Boris Yelsin parvoz qilgan ekipaj komandiri sifatida ishlagan. Keyinchalik u Vladimir Putinning shaxsiy bosh uchuvchisiga aylangan.

"Dadam oxirgi kunigacha sevimli ishidan ayrilmadi. 2005-yilda otam "osmonni" tark etdi, lekin yerda "Rossiya" maxsus parvoz otradida o‘z ishini davom ettirdi", - deydi Yaroslav.

Yangiliklar lentasi
0