To‘qimachilik sanoatini rivojlantirish uchun 300 mln dollar ajratiladi - prezident 

Obuna bo‘lish
Tojikiston va Turkmaniston hozirga qadar birorta ham koronavirusdan mutlaq xoli bo‘lgan 11 mamlakat ro‘yxatida qolmoqda. 

TOShKENT, 23 apr - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23-aprel kuni to‘qimachilik sanoati barqarorligini ta’minlash, pandemiyaning sohaga ta’sirini yumshatish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Unda pandemiya davrida tarmoqni barqaror ishlatish uchun korxonalarni aylanma mablag‘ bilan ta’minlash masalasi ko‘rib chiqildi.

Xususan, 1 aprelga qadar sotilgan paxta tolasining yakuniy to‘lov muddatini 90 kundan 150 kunga uzaytirish kerakligi ta’kidlandi.

Shuningdek, korxonalarning aylanma mablag‘ini o‘zida saqlab qolish uchun eksport bojxonada rasmiylashtirilgan zahoti qo‘shilgan qiymat solig‘ini qaytarib berish mexanizmini joriy qilish lozimligi aytib o‘tildi. 

Yangi marralar qo‘yildi 

Undan tashqari prezident tomonidan kelgusi 5-yilda tayyor mahsulot ishlab chiqarishni 4-5 baravarga ko‘paytirish masalasi qo‘yildi. Buning uchun mahsulot sifatini oshirish kerakligi ta’kidlandi. 

Vistavka UzTextile Expo  v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
UzTextile Expo 2019: Toshkentda ochilgan to‘qimachilik ko‘rgazmasidan fotoreportaj

Buning uchun xorijiy kompaniyalar bilan birgalikda yirik eksport korxonalari tashkil etib, taniqli brendlar asosida bozorbop mahsulotlar ishlab chiqarish yuzasidan ko‘rsatma berildi.

Shu maqsadda Namangan, Samarqand va Toshkent viloyatlarida tayyor mahsulot eksport qiluvchi yangi korxonalar uchun texnopark tashkil etiladi. Ushbu loyihalarni moliyalashtirish uchun Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan kredit liniyasi doirasida 300 million dollar mablag‘ ajratiladi.

Tannarxni kamaytirish 

O‘zbekistonda paxta tolasining eksport narxi Liverpul kotirovkasiga bog‘langan edi. Aslida paxta tolasi Nyu-York birjasida sotiladi va uning narxi Liverpulnikidan 10 foizga arzon yuradi. Bu to‘qimachilik mahsulotlari qiymati oshishiga ta’sir qilayotgani qayd etilib, mutasaddilarga paxta tolasi narxini xalqaro birja kotirovkasiga o‘tkazish yuzasidan topshiriq berildi.

Tashqi bozorlarga chiqishi uchun qulaylik yaratish 

Bu sohadagi tayyor mahsulotlarimiz eksporti asosan mintaqa bozoriga bog‘lanib qolgan. Eksportorlar Yevropaga kirishi uchun 15 foiz boj to‘lash va 4 baravar ko‘p transport xarajati qilishga majbur bo‘lmoqda.

Tekstilnie fabriki Uztex Chirchik i Eurotex Global v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston to‘qimachilik mahsulotlari eksport hajmini 7 mlrd. dollarga yetkazmoqchi

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasiga Yevropa Ittifoqi bozorlari uchun “GSP+” maqomini olish vazifasi qo‘yildi. Shuningdek, Xalqaro moliya korporatsiyasi ko‘magida mahsulotlarni “BSI” standartlari asosida sertifikatlash ishlarini jadallashtirish kerakligi ta’kidlandi. Eksportorlar xarajatlarini subsidiya qilishni yanada kengaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda to‘qimachilik sanoatida 2 mingdan ziyod korxona faoliyat yuritmoqda, ularda 365 ming nafar aholi ishlaydi. Sohaning eksport salohiyati so‘nggi 3-yilda 2 baravar oshdi. O‘tgan yili bu boradagi ko‘rsatkich 1,6 milliard dollarni tashkil etdi.

Prezident tomonidan yetishtirilgan paxtani to‘liq qayta ishlab, eksportni 15 milliard dollarga yetkazish vazifasi qo‘yildi. Shunda 3 milliondan ortiq aholini ish bilan ta’minlash imkoniyati paydo bo‘lishi ham ta’kidlandi. 

 

Yangiliklar lentasi
0