O‘zbekistonda elektron raqamli imzoni onlayn olish mumkin

© Sputnik / Vitaliy AnkovKliyent stavit elektronnuyu podpis
Kliyent stavit elektronnuyu podpis - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jismoniy va yuridik shaxslarga elektron raqamli imzo kaliti va sertifikatini maxsus axborot resursi orqali berish mexanizmi joriy qilindi.

TOShKENT, 24 apr — Sputnik. O‘zbekistonda jismoniy va yuridik shaxslarga elektron raqamli imzo kaliti va sertifikatini maxsus axborot resursi orqali berish mexanizmi joriy qilindi. Xizmat Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat xizmatlari agentligi tomonidan yo‘lga qo‘yildi.

Bunda ushbu davlat xizmatidan murojaat etuvchi hali elektron raqamli imzo sertifikatiga ega bo‘lmagan hollarda ham foydalanishi mumkin.

Sifrovoy Tashkent: prezident obsudil vnedrenie novix sistem - Sputnik O‘zbekiston
“Raqamli Toshkent:” Mirziyoyev yangi tizimlarni joriy etishni muhokama qildi

Murojaat etuvchining shaxsini tasdiqlash va so‘rovnomadagi ma’lumotlar to‘g‘ri to‘ldirilganligini tekshirish Davlat xizmatlari markazi operatori tomonidan quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

- so‘rovnomada ko‘rsatilgan mobil telefon raqami murojaat etuvchiga tegishliligi;

- murojaat etuvchining pasport nusxasi va selfi foto nusxasi orqali pasport ma’lumotlarining to‘g‘riligi;

- murojaat etuvchining STIR orqali DSQ axborot tizimidagi ma’lumotlarni so‘rovnomadagi ma’lumotlar bilan solishtirish orqali tekshiradi.

Elektron raqamli imzoni e-imzo.uz orqali masofadan olish bo‘yicha batafsil qo‘llanmani ushbu havola orqali yuklab olish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev qarori bilan 2021-yilning 1-yanvaridan boshlab davlat organlari va ularning bo‘linmalari orasida hujjat aylanishi va hisobotlar - faqat elektron ko‘rinishda amalga oshirilishi belgilangan.

Yangiliklar lentasi
0