Toshkent davlat sharqshunoslik instituti universitetga aylantirildi

© uzorientTashkentskiy institut vostokovedeniya
Tashkentskiy institut vostokovedeniya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bundan tashqari, TDShU huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Sharq madaniyati va merosini tadqiq etish ilmiy-tadqiqot markazi hamda Sharq mamlakatlarining rivojlanishini tadqiq etish ilmiy-tahlil markazi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

TOShKENT, 17 apr - Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev 16-aprel kuni "Sharqshunoslik sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy salohiyatni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorni imzoladi.

Gulchexra Rixsiyeva, rektor TashGIV - Sputnik O‘zbekiston
Rahbar bo‘lish osonmi? O‘zbekistondagi yagona ayol-rektor bilan intervyu

Hujjatga muvofiq, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti negizida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti tashkil etildi.

Belgilanishicha, 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab: universitetga ta’lim standartlarini ishlab chiqish, malakaviy talablar, o‘quv rejalari va dasturlarini, shuningdek, ilg‘or xalqaro tajribani hisobga olgan holda talabalarning bilimini baholash hamda o‘quv jarayonining amaliyot bilan integratsiyalashuvini ta’minlash tizimini ishlab chiqish va tasdiqlash huquqi beriladi.

Universitetda ta’lim jarayoni bosqichma-bosqich kredit-modul tizimi asosida amalga oshiriladi;

2020/21 o‘quv yilidan boshlab, universitetga o‘qishga qabul qilishda sharq tillaridan (turk, arab, fors, dari, hind, urdu, xitoy, koreys, uyg‘ur, yapon tillari) topshiriladigan ko‘p balli tizim bo‘yicha imtihonlar o‘rniga test sinovlari o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yiladi.

2021/2022 o‘quv yilidan boshlab esa ushbu tajriba boshqa tillar (ispan, italyan, tojik, qozoq, turkman, qirg‘iz tillari va boshqalar) bo‘yicha respublikadagi barcha davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishda joriy etiladi.

Studenti v auditorii VUZa - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda OTM rektorlari vakolati kengaytirildi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 2020-yil 1-iyulga qadar TDShU huzuridagi akademik litsey faoliyatini tanqidiy o‘rganib, uning faoliyatini takomillashtirish, qabul jarayoniga qo‘yilgan talablarni qayta ko‘rib chiqishni o‘z ichiga olgan chora-tadbirlar dasturini tasdiqlaydi.

Bundan tashqari, TDShU huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Sharq madaniyati va merosini tadqiq etish ilmiy-tadqiqot markazi hamda Sharq mamlakatlarining rivojlanishini tadqiq etish ilmiy-tahlil markazi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti bino va inshootlari tegishli hududi bilan birgalikda TDShUga operativ boshqaruv huquqi asosida beg‘araz o‘tkazib beriladi.

2021 yil 1-avgustga qadar TDShUga berigan shu hududda universitetning yangi 9 qavatli binosi va sport majmuasi qurib, foydalanishga topshiriladi.

Yangiliklar lentasi
0