O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni Qozog‘istondagi ko‘rsatkichga yetay, deb qoldi

© Sputnik / Aleksey Danichev / Mediabankka o‘tishSotrudnik laboratorii vo vremya testirovaniya prob na koronavirus
Sotrudnik laboratorii vo vremya testirovaniya prob na koronavirus - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda va jahonda epidemiologik vaziyatga oid so‘nggi yangiliklarni Sputnik O‘zbekiston materialida o‘qing

TOShKENT, 15 apr - Sputnik. O‘zbekistonda COVID-19ga chalinganlar soni 1214 nafarga yetdi, deb xabar qilmoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Jiteli Uxanya yedut na parome cherez reku Yanszi - Sputnik O‘zbekiston
Pul - keyin. Virusga qarshi kurashda Xitoyning asosiy siri

Buxoro va Toshkentda davolangan bemorlarning 14 nafari tuzalib, sog‘ayganlar soni 99 kishiga yetdi.

MDH mamlakatlari ichida O‘zbekiston o‘z-o‘zini izolyatsiya qilish bo‘yicha 4,4 ball bilan 1-o‘rinda turibdi.

So‘nggi sutkada AQShda "koronavirus" tashxisidan vafot etganlar soni rekord darajaga chiqdi va - 2228 kishini tashkil qildi, deb xabar bermoqda Jon Xopkins universiteti.

Universitet taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, AQShda 608 mingta virus bilan bemorlanganlik holatlari qayd etilgan, 26 mingga yaqin kishi ushbu kasallikdan olamdan o‘tgan.

Qirg‘izistonda koronavirus bilan bemorlanganlar soni 430 nafarni, Afg‘onistonda 714 tani, Qozog‘istonda 1232tani tashkil etmoqda.

Rossiyada 21 102ta aniqlangan.

Butunjahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti 11-mart kuni yangi koronavirus infeksiyasi COVID-19 tarqalishini pandemiya deb e’lon qildi. BSST taqdim etgan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 1,8 milliondan oshib ketgan, 113 mingdan ko‘p kishi vafot etgan.

Yangiliklar lentasi
0