Registon maydonini o‘rab turgan "Karimov devori" buziladimi - Madaniyat vazirligi izohi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaStena, otdelyayushaya ploshad Registan ot staroy chasti goroda
Stena, otdelyayushaya ploshad Registan ot staroy chasti goroda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ilgariroq OAVlarda Samarqand shahridagi Registon maydonini eski shahar qismidan ajratib turuvchi devor buziladi, degan mish-mishlar tarqalgan edi. Madaniyat vazirligi Sputnik O‘zbekiston muxbiriga bergan izohida ushbu mish-mishlarga oydinlik kiritdi

TOShKENT, 15 apr - Sputnik. Madaniyat vazirligi matbuot-xizmati rahbari Mavluda Asqarxo‘jayeva OAVlarda paydo bo‘lgan Registon maydonining orqa qismida 2006-yilda qurilgan devorning buzilishi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Posol Uzbekistana v Soyedinyonnom Korolevstve Velikobritanii i Severnoy Irlandii Said Rustamov vruchil veritelnie gramoti Koroleve Yelizavete II. - Sputnik O‘zbekiston
Britaniya qirolichasi O‘zbekiston madaniy va tarixiy merosidan boxabarligini namoyish etdi

Ushbu devor tarixiy maydonni eski shahar qismidan ajratish uchun qurilgan bo‘lgan.

Madaniyat vazirligi vakili so‘zlariga ko‘ra, Samarqand shahar hokimligidan devorning buzilishi yoki rekonstruksiyasi haqida idoraga shu paytga qadar hech qanday talabnoma kelib tushmagan.

Qolaversa, shaharning tarixiy qismi, tarixiy yodgorliklar mavjud hududlardan 300 metrgacha bo‘lgan masofa "bufer hudud" hisoblanib, Madaniyat vazirligi himoyasida bo‘ladi va O‘zbekiston madaniy merosining bir qismi hisoblanadi.

Shu bois, bu kabi qarorlar faqatgina Madaniyat vazirligi bilan kelishilgan holda qabul qilinadi.

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaStena, otdelyayushaya ploshad Registan ot staroy chasti goroda
Registon maydonini o‘rab turgan Karimov devori buziladimi - Madaniyat vazirligi izohi - Sputnik O‘zbekiston
Stena, otdelyayushaya ploshad Registan ot staroy chasti goroda

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yakshanba kuni Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov ayni damda qo‘mita va uning huzuridagi Milliy PR markazi O‘zbekistonda turizm bo‘yicha virtual sayohatlarni amalga oshirish imkonini beruvchi online-tourism.uz saytini yo‘lga qo‘yish ustida ishlayotganini ma’lum qilgan edi.

Abduhakimovga ko‘ra, bu O‘zbekiston bo‘ylab virtual sayohat qilish imkonini taqdim etuvchi birinchi platforma bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0