Tomorqaga ekin ekmaganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanadi

© Sputnik / Aleksey Malgavko / Mediabankka o‘tishMujchina polivayet gradku u sebya v ogorode v derevne Okunevo, gde proxodit etnograficheskiy festival "Solnsestoyanie".
Mujchina polivayet gradku u sebya v ogorode v derevne Okunevo, gde proxodit etnograficheskiy festival Solnsestoyanie. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ekin ekmagan tomorqa yer egalarini ma’muriy javobgarlikka tortishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi ishlab chiqiladi.

TOShKENT, 14 apr — Sputnik. “Dehqon xo‘jaliklari va aholi tomorqalaridan samarali foydalanish, ekin ekish ishlarini tizimli tashkil qilish hamda mahsulot yetishtirish hajmlarini ko‘paytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” hukumat qarori (216-son, 14.04.2020 y.) qabul qilindi.

Sotrudnik sledstvennogo izolyatora - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda davlat korxonasi yer uchastkasi bilan bog‘lik firibgarlik fosh etildi

Qarorga muvofiq, tuman (shahar) hokimlarining qishloq xo‘jaligi ekin turlarini va yetishtiriladigan mahsulot prognoz ko‘rsatkichlarini mahalla fuqarolar yig‘ini kesimida belgilashni nazarda tutuvchi qarorlari qabul qilinadi.

Ushbu qarorlarda, shuningdek, tomorqasiga ekin ekmagan yer egasiga yer solig‘ini oshirilgan stavkada qo‘llash masalalari nazarda tutiladi.

Tomorqa yer uchastkalariga suv yetkazib berish maqsadida sug‘orish quduqlarini qazish loyihalariga ekologik ekspertiza xulosasi va gidrogeologik xulosalar  bepul beriladi.

Dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer uchastkalari meva-sabzavotchilik klasterlari va kooperatsiyalariga ixtiyoriy asosda biriktiriladi.

Klaster va kooperatsiyalarga biriktirilgan dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer uchastkalariga prezidentning tegishli qarorida nazarda tutilgan imtiyozlar tatbiq etiladi.

Shuningdek, ekin ekmagan tomorqa yer egalarini ma’muriy javobgarlikka tortishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi ishlab chiqiladi.

Yangiliklar lentasi
0