Turkiyada koronavirusga qarshi vaksina sinovi muvaffaqiyatli o‘tkazildi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishSotrudnitsa laboratorii epidemiologii i mikrobiologii
Sotrudnitsa laboratorii epidemiologii i mikrobiologii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turkiyada koronavirusga qarshi vaksina hayvonlarda muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazildi. Endi uni odamlarda sinab ko‘rish rejalashtirilmoqda.

TOShKENT, 6 apr - Sputnik. Turkiyada koronavirusga qarshi vaksina hayvonlarda muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazildi. Keyingi bosqichda olimlar uni odamlarda sinab ko‘rishni rejalashtirishmoqda.  Bu haqda Turkiyaning Xajettepe universiteti tibbiy fakulteti professori Atesh Kara ma’lum qildi.

Sotrudnitsa laboratorii  - Sputnik O‘zbekiston
AQShda koronavirusga qarshi vaksinaning birinchi sinovlari o‘tkazildi

“Yaxshi yangilik. Leykoplastirda yopishtirilgan mikroignalardan foydalangan holda hayvonlarga kiritilgan koronavirus vaksinasi antitela ishlab chiqarish shaklida immun javob berdi. Bu odamlarni himoya qila oladimi yoki yo‘q, tekshirish vaqti keldi”, - deya yozgan professor tvitterda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq vaksinaning Rossiyada ishlab chiqilgan namunasi sinovi o‘tkazilayotgani va keyin odamlarda ham o‘tkazilishi xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0