Karantin davrida elkektr energiyasi hisoblagichlari davriy qiyoslovdan o‘tkazilmaydi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaPoseshenie xokimom Yashnabada Xojiakbarom Tillyashayxovim predpriyatiya "Uzenergosozlash"
Poseshenie xokimom Yashnabada Xojiakbarom Tillyashayxovim predpriyatiya Uzenergosozlash - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
6 apreldan elektr energiyasi hisoblagichlarini davriy qiyoslovdan o‘tkazish sanitariya-epidemiologik holat yaxshilangunga qadar to‘xtatiladi

TOShKENT, 6 apr — Sputnik. O‘zbekistonda karantin davrida elkektr energiyasi hisoblagichlari davriy qiyoslovdan o‘tkazilmaydi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ matbuot xizmati xabar qildi.

Taxiatashskaya TES - Sputnik O‘zbekiston
"Taxiatosh" IESda 280 MVt quvvatdagi dastlabki bug‘-gaz qurilmasi ishga tushirildi

“Joriy yilning 6-aprel kunidan e’tiboran elektr energiyasi hisoblagichlarini davriy qiyoslovdan o‘tkazish sanitariya-epidemiologik holat yaxshilangunga qadar to‘xtatiladi”, - deyilgan xabarda.

Ta’kidlanishicha, qaror mamlakat hududida koronavirus infeksiyasi tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish va aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash maqsadida qabul qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda karantin vaqtida qarzdor iste’molchilar elektr tokidan uzib qo‘yilmasligi xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0