Domodedovo aeroportida o‘zbekistonliklar bo‘lmagan - elchixona

© SputnikPosolstvo Uzbekistana v Rossii
Posolstvo Uzbekistana v Rossii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi Moskvada charter reyslari tashkil etilishini kutayotgan vatandoshlarga barcha sharoitlar yaratilgani ma’lum qildi.

TOShKENT, 2 apr — Sputnik. Moskvada yashashga imkoni bo‘lmagan 160 ga yaqin o‘zbekistonliklar navbatdagi charter reyslari tashkil etilgunga qadar hostel (yotoqxona)ga joylashtirilgan.

“Dunyo” AA xabariga ko‘ra, ularga yashash uchun barcha sharoit yaratilgan. Xususan, kuniga uch mahal issiq ovqat tashkil etilgan, ular bilan doimiy aloqa o‘rnatilgan.

Grajdane respubliki Uzbekistan v aeroportu Vnukovo - Sputnik O‘zbekiston
Elchixona firibgarlikning yangi turi haqida ogohlantirdi

O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi Domodedovo va Jukovskiy aeroportlarida O‘zbekiston fuqarolarining to‘planishi faktini rad etgan. Diplomatik vakolatxonaga ko‘ra, Vnukovo va Sheremetyevo aeroportlarida bo‘lgan vatandoshlarning aksariyati charter reyslarida O‘zbekistonga olib ketilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Domodedovo aeroportidan charter reyslarida uylariga qaytishni istagan 300 ga yaqin Markaziy Osiyodan bo‘lgan migrantlar chiqarib yuborilgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0