O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat: so‘nggi ma’lumotlar

© REUTERS / DADO RUVICProbirka s koronavirusom 2019-nCoV
Probirka s koronavirusom 2019-nCoV - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ayni paytga kelib O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 1 taga oshib, 150 nafarni tashkil etmoqda.

TOShKENT, 31 mar - Sputnik. Rasmiy manbalarga ko‘ra, joriy yilning 31-mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan yana bir bemor aniqlangan.

Vrachi skoroy meditsinskoy pomoshi dostavili patsiyenta s podozreniyem na koronavirus v bolnitsu - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda 4 mingga yaqin ko‘ngilli COVID-19 bilan kurashish istagini bildirdi

Bemor Toshkent shahridan bo‘lib, hozirda ushbu infeksiyaga chalinganlar soni 150 nafarni tashkil etmoqda.

Kecha, 30-mart kuni O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 4 taga oshib, 149 nafarni tashkil etgani, ushbu infeksiya 2 nafar andijonlik (ayollar), 1 nafar farg‘onalik (erkak) va 1 nafar toshkentlik (erkak) fuqarolarda aniqlangani aytilgan edi.

Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 11-mart kuni yangi turdagi koronavirus infeksiyasi COVID-19 tarqalishini pandemiya, deb e’lon qildi. BSST taqdim etgan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda virusni yuqtirganlik bo‘yicha 690 ming holat aniqlangan, 33 mingdan ziyod inson vafot etgan.

Yangiliklar lentasi
0