Koronavirusga chalingan qiz o‘z joniga suiqasd qilgani rad etildi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishVrach meditsinskoy skoroy pomoshi vozle bolnisi v Kommunarke
Vrach meditsinskoy skoroy pomoshi vozle bolnisi v Kommunarke - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ijtimoiy tarmoqlardagi shubhali manbalardan biri o‘zbekistonlik 19 yosh yashar qizning koronavirus karantini tufayli o‘z joniga qasd qilganligi to‘g‘risida ma’lumot tarqatgan.

TOShKENT, 27 mar — Sputnik.  Ijtimoiy tarmoqlarda koronavirus infeksiyasiga chalingan qizning o‘z joniga qasd qilganligi haqidagi xabarga raddiya berildi.

Situatsiya v Kazaxstane v svazi s koronavirusom - Sputnik O‘zbekiston
BSST koronavirus bilan bemorlanganlar sonini ochiqladi

Internetdagi shubhali manbalardan biri sal oldin o‘zbekistonlik 19 yosh yashar qizning koronavirus karantini tufayli o‘z joniga qasd qilganligi to‘g‘risida ma’lumot tarqatgan.

Rasmiy manbalar ushbu xabarning noto‘g‘riligini ma’lum qilmoqda.

Aholi o‘rtasida vahima tarqalishiga sabab bo‘ladigan yolg‘on axborotlar tarqatganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.

O‘zbekistonda vahima tarqatganlik uchun jinoiy javobgarlik mavjud. Ushbu huquqbuzarlik 44,6 mln so‘mdan 89,3 mln  so‘mgacha miqdorda jarima yoki 3-yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 1-yildan 3-yilgacha ozodlikni cheklash yoki 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilinadi.

Aholi orasida vahima chiqarishga qaratilgan ma’lumotlar va materiallarni har qanday shaklda tarqatish 66,9 mln so‘mdan 89,2 mln so‘mgacha miqdorda jarima yoki 3-yildan 5-yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3-yildan 5-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Yangiliklar lentasi
0