O‘zbekiston Milliy gvardiyasi yangi vakolatga ega bo‘ladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovAvtomobil natsionalnoy gvardii Uzbekistana
Avtomobil natsionalnoy gvardii Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu tuzilma xodimlari aholi gavjum joylarda mustaqil patrullikni olib borishi lozim. Mutasaddilarga bu borada tashkiliy-huquqiy choralarni ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.

TOShKENT, 19 mar — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida mahallalarda jinoyatchilikni  jilovlash masalalari ham atroflicha muhokama qilindi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev obratilsya k narodu  v svazi s situatsiyey vokrug koronavirusa - Sputnik O‘zbekiston
Prezident mahalla va oilalarga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha vazifalarni belgilab berdi

Qayd etilishicha, o‘tgan yili jinoyatlar soni 2 ming 922 taga kamaygan bir paytda 20 foiz mahallada jinoyatchilik soni oshgan.

Prezident odamlar tinch-totuv yashashi uchun har bir mahallaning “qulf-kaliti” bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.

Kriminogen vaziyat og‘ir mahallalarda alohida chora-tadbirlar amalga oshirish, kerak bo‘lsa, mahalliy budjetdan qo‘shimcha mablag‘, kuch va vositalar jalb etish bo‘yicha topshiriq berildi.

“Ta’kidlanganidek, endilikda mahalladagi vaziyatga profilaktika inspektori bilan birga Milliy gvardiya ham birdek javob beradi. Shu bois Milliy gvardiyaning huquqbuzarlarni aniqlash, ushlash, ularga chora ko‘rish vakolatlarini takomillashtirish zarur”, - deyilgan xabarda.

Ushbu tuzilma xodimlari aholi gavjum joylarda mustaqil patrullikni olib borishi lozim. Mutasaddilarga bu borada tashkiliy-huquqiy choralarni ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.

Yangiliklar lentasi
0