TOShKENT, 17 mar — Sputnik. Qozog‘iston poytaxti Nur-Sulton va Olma-Ota shaharlari 19-mart sanasidan karantinga yopilmoqda. Bu haqdagi qaror prezident huzuridagi favqulodda holatni ta’minlash bo‘yicha davlat komissiyasi tomonidan qabul qilindi.
"Nur-Sulton va Olma-Ota shaharlarida COVID-19 tarqalishi tufayli yuzaga kelgan holatni hisobga olgan holda, shuningdek, koronavirusning Qozog‘istondagi boshqa shaharlariga tarqalishining oldini olish maqsadida davlat komissiyasi Nur-Sulton va Olma-Ota shaharlarida qo‘shimcha cheklov, profilaktik va epidemiyaga qarshi choralar kiritish qarorini qabul qildi", - deyiladi hukumat saytida.
19 mart soat 00.00 dan boshlanadigan karantin quyidagilarni nazarda tutadi:
- karantin kiritilishi va keng ko‘lamdagi sanitariya va dezinfeksiya tadbirlarini amalga oshirish;
- karantin hududi perimetrini o‘rnatish va undan kirish/chiqish punktlarini aniqlashtirish;
- odamlar harakatlanishiga, shuningdek transport vositalari kirish-chiqishiga harakatlanishiga cheklov qo‘yilishi;
- jamoat transportining kunduzi va kechasi harakatlanishini cheklash.
Shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlari sotilmaydigan savdo markazlari faoliyati to‘xtatiladi.