Saudiya Arabistoniga neft urushi qimmatga tushadi - Bloomberg

© AFP 2023 / ATTA KENARENeftanoy tanker v more
Neftanoy tanker v more - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Saudiya Arabistoni 1-apreldan boshlab neft qazib olish hajmini keskin oshirishi bilan neft tashuvchi tankerlar xizmat haqi 7 baravariga oshib ketdi.

TOShKENT, 17 mar – Sputnik. Saudiya Arabistoni o‘zi boshlagan neft urushi uchun qimmat narx to‘lashga majbur bo‘ladi, deb hisoblaydi Bloomberg agentligi tahlilchilari.

OPEKning bir necha kun oldin bo‘lib o‘tgan majlisi muvaffaqiyatsiz yakunlangan edi. Saudiya Arabistoni 1-apreldan boshlab neft qazib olish hajmini keskin oshirishni va’da bergan edi. Ushbu xabardan so‘ng neft narxi eng past ko‘rsatgichlarga tushib ketdi, neft tashuvchi tankerlar bozorida defitsit paydo bo‘ldi va ularning xizmat haqi 7 baravariga oshib ketdi.

Zasedanie stran-uchastnis soglasheniya o sokrashenii dobichi nefti OPEK+ - Sputnik O‘zbekiston
SSSRni qulatish strategiyasi Rossiyaga nisbatan qaytarilmoqda - ekspert

Bugungi kunda Yaqin Sharqdan Xitoyga tanker fraxt qilish sutkasiga 243 ming dollarni tashkil qiladi. Supertanker narxi esa 400 ming dollarga yaqinlashadi. Saudiya Arabistonining National Shipping Co. O‘zining 40 ta tankeriga qo‘shimcha ravishda yana 30ta tanker ijaraga oldi. Ular orasida har biri 2 million barrel neft tashuvchi 8ta super tankerlar ham bor.

Blumberg ekspertlari fikriga ko‘ra, Saudiya Arabistoni shunday uslubda jahon bozoridan Rossiyani siqib chiqarmoqchi bo‘lmoqda. Vaholanki, bunday harakatlar oqibatida eng ko‘p zarar ko‘radiganlar Saudiyaliklarning o‘zlari va AQShning slanes neft kompaniyalari bo‘ladi, deb hisoblashadi ekspertlar.   

Bir qator moliya institutlari (Bank of America va Raiffeisenbank) fikriga ko‘ra, Rossiyada neft qazib olish tannarxi 15-20 dollarni tashkil qiladi va Rossiya jahaon bozorida neft narxi past bo‘lsa ham uzoq vaqt ishlay oladi. Ayni Brent markali neft narxi 30-31 dollarni tashkil qilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0