TOShKENT, 17 mar - Sputnik. Moskva jome masjidida COVID-19 koronavirus tarqalishi sabab Qur’oni karim oyatlari tilovat qilinmoqda. Bu haqda Rossiya Muftiylari kengashi saytida ma’lum qilindi.
Ta’kidlanishicha, Qur’oni karim oyatlari 17-martdan boshlab 24 soat davomida tilovat qilinadi.
Bu shu kunlarda butun dunyoda tarqalayotgan koronavirus tufayli Alloh taologa bo‘lgan umumiy murojaat ekani aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Musulmonlar idorasi raisi, muftiy hazratlari Usmonxon Alimov COVID-19 koronavirus tarqalishi sabab diniy marosimlarni o‘tkazish tartibi haqida bayonot bergani xabar qilingan edi.