Bosh prokuratura Uchtepadagi portlash tafsilotlarini ma’lum qildi

© Press-slujba xokimiyata Uchtepinskogo rayona TashkentaV Uchtepinskom rayone proizoshlo obrushenie chasti zdaniya avtoservisa
V Uchtepinskom rayone proizoshlo obrushenie chasti zdaniya avtoservisa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Avtomashinalarga texnik xizmat ko‘rsatish majmuasidagi portlashga tabiiy gaz quvuridan sizib chiqayotgan gaz isiga uchqun tegishi sabab bo‘lgan.

TOShKENT, 15 mar — Sputnik. Bosh prokuratura Toshkent shahrining Uchtepa tumanidagi avtomashinalarga texnik xizmat ko‘rsatish majmuasida ro‘y bergan portlash yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Bosh prokuratura matbuot kotibining ma’lum qilishicha, tumanning Foziltepa ko‘chasida joylashgan avtomashinalarga texnik xizmat ko‘rsatish majmuasidagi portlashga tabiiy gaz quvuridan sizib chiqayotgan gaz isiga uchqun tegishi sabab bo‘lgan.

Vzriv na gazozapravochnoy stansii v Djizake. - Sputnik O‘zbekiston
Jizzaxdagi gaz quyish shoxobchasida portlash yuz berdi: qurbon bor

Portlash oqibatida 2 nafar fuqaro vafot etgan, 4 nafari tan jarohatlari olgan.

Shu bilan birga, Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan vayronalar ostidan uchinchi qurbonning jasadi topilganligi haqida rasmiy bayonot berilgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 257-moddasi (Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) va 192-11-moddasi (Nodavlat tijorat tashkilotida yoki boshqa nodavlat tashkilotida mansabdor shaxslar tomonidang o‘z vakolatlarini suiistyemol qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0