Namangandagi xiyobonlarning birida 50 yoshli fuqaro pichoqlab ketildi

© Sputnik / Pavel LisisinNoj v ruke
Noj v ruke - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yoshi 50 dan oshgan ikki tanishning xiyobondagi uchrashuvi pichoqbozlik va ulardan birining o‘limi bilan yakun topdi.

TOShKENT, 11 mar — Sputnik. Namangan viloyatida ikki tanishning xiyobondagi uchrashuvi pichoqbozlik bilan yakun topdi. Bu haqda Tergov departamenti axborot xizmati xabar qildi.

Hodisa 7-mart kuni sodir bo‘lgan. 52 yoshli I.M tanishi 50 yoshli B.N bilan viloyatdagi O‘zbekiston ko‘chasida joylashgan xiyobonda uchrashgan.

Mashina skoroy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston
Pichoq bilan shifoxona tinchligini buzgan yigit shifokorlardan uzr so‘radi

Bir ozdan so‘ng ular o‘rtasida o‘zaro nizo chiqqan. I.M yonida olib yurgan pichoq bilan B.N.ning chap son qismiga urib, tan jarohati yetkazgan. So‘ngra jinoyatchi hodisa joyidan yashiringan.

Natijada esa B.N. ko‘p qon yo‘qotib, voqea joyida vafot etgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida I.M. ushlangan va hozirda gumonlanuvchi tariqasida jalb qilingan.

Holat yuzasidan JKning 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (o‘limga sabab bo‘lgan, qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

Yangiliklar lentasi
0