Ekspert AQShning Afg‘onistondagi bazalari haqida: yakuniy olib chiqib ketish bo‘lmaydi

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishAmerikanskie voyennie na ucheniyax NATO
Amerikanskie voyennie na ucheniyax NATO - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Pentagon AQSh Afg‘onistondagi qo‘shinlari sonini qisqartirishni boshlaganini ma’lum qilmoqda. Zaxiradagi polkovnik Vladimir Koshelev ushbu bayonot yuzasidan o‘z mulohalarini bildirdi.

Pentagon AQSh Afg‘onistondagi qo‘shinlari sonini qisqartirishni boshlaganini tasdiqlamoqda.

Ma’lum qilinishicha, Afg‘onistondagi Amerika qurolli kuchlar sonini 135 kun ichida 8,6 minggacha qisqartirish boshlangan. Bu AQSh va Afg‘oniston Islom Respublikasi qo‘shma deklaratsiyasi hamda AQSh va “Tolibon”* bitimiga binoan amalga oshirilmoqda.

Pentagonning aniqlik kiritishicha, ushbu qo‘shinlarni olib chiqish muayan shartlarga asoslangan.

OAV: AQSh o‘z qo‘shinlarini Afg‘onistondan olib chiqishni boshladi

Ta’kidlanishicha, AQSh avvalgidek qator terrorchilik tashkilot, jumladan, ID*ga qarshi amaliyot o‘tkazishda davom etadi. Shuningdek, Afg‘oniston xavfsilik kuchlariga ko‘mak berishni davom ettiradi.

Sputnik radiosi efirida “Afg‘oniston faxriylari Rossiya ittifoqi” markaziy boshqaruv raisi o‘rinbosari, zaxiradagi polkovnik, yozuvchi Vladimir Koshelev ushbu bayonot yuzasidan izoh berdi.

“Vashington, Pentagon va Amerika Qo‘shma Shtatlari rahnamolari bir necha marta Afg‘onistondan qo‘shinlarni olib chiqib ketish haqida ma’lum qilishgan edi. Bu yerda ham unchalik ishonish qiyin. Shuning uchun men o‘ylaymanki, yakuniy olib chiqib ketish bo‘lmaydi. U yerda albatta Amerikaning muayan bazalari qoladi, qurolli kuchlar tarkibiga kirmaydigan xususiy harbiy kompaniyalarning muayan kuchlari albatta qoladi. Ushbu vaziyatda boshqa narsani kutmayman”, - dedi Vladimir Koshelev.

Polkovnik zapasa: SShA ostavat v Afganistane bazi ili chastnie voyska

* Rossiyada va bir qator boshqa mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkilotlari.

Yangiliklar lentasi
0