“O‘zbekneftgaz”: 1-martdan boshlab dizel yoqilg‘isi narxi pasaytirildi

© Sputnik / Yevgeniy OdinokovZapravka avtomobilya na odnoy iz avtozapravochnix stansiy.
Zapravka avtomobilya na odnoy iz avtozapravochnix stansiy. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kompaniya 1-martdan boshlab import dizel yoqilg‘isining narxi 7300 so‘mga pasaytirilganini ma’lum qildi. Yaqin kunlarda yuqori sifatli Ai-95 markali benzinni aholiga sotishni rejalashtirmoqda.

TOShKENT, 7 mar — Sputnik. “O‘zbekneftgaz” kompaniyasi 1-martdan boshlab import dizel yoqilg‘isining narxi narxi 7500 so‘mdan 7300 so‘mga pasaytirilganini ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, "O‘zbekneftgaz"AJ UNG milliy brendi ostidagi yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘ida AI-92 markali benzin va Yevropa standartlariga javob beruvchi dizel yoqilg‘isi sotuvini yo‘lga qo‘ygan. Ayni paytda poytaxt va Toshkent viloyatida, Namangan, Farg‘ona, Andijon, Guliston, Jizzax, Samarqand va Qarshi shaharlaridagi 45 dan ortiq yoqilg‘i quyish shoxobchalarida yuqori sifatli neft mahsulotlarining sotuvi yo‘lga qo‘yilgan.

Sotrudnik avtozapravochnoy stansii zapravlyayet avtomobil kliyenta - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent yoqilg‘i quyish shoxobchalarida AI-92 yoqilg‘isi sotilmoqda

“Odatda, narx talab va taklif o‘rtasidagi muvozanat nuqtasida belgilanadi. Mahsulot narxini pasaytirish talabni oshiradi va taklifni kamaytiradi. Bundan tashqari iste’molchilarning manfaatlarini inobatga olgan holda, shuningdek, birjada dizel yoqilg‘isini sotib olish xarajatlari kamaygani munosabati bilan dizel yoqilg‘isining narxi kamaytirildi. Bu bilan ushbu mahsulotni sotish hajmini oshirishga erishamiz”, - deydi “O‘zbekneftgaz” AJga qarashli “UNG Petro” MChJ direktori Mirzohid Musayev.

Korxona yaqin kunlarda yuqori sifatli Ai-95 markali benzinni aholiga sotishni rejalashtirmoqda.

Yangiliklar lentasi
0