Muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruv e’lon qilindi

© Foto iz lichnogo arxiva GUVD goroda TashkentaTorjestvennoe meropriyatie posvashennoy vozvrasheniyu domoy. Tashkentskiy voyenniy okrug, gorod Chirchik
Torjestvennoe meropriyatie posvashennoy vozvrasheniyu domoy. Tashkentskiy voyenniy okrug, gorod Chirchik - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Chaqirilish muddatini kechiktirish huquqiga ega bo‘lmagan O‘zbekistonning chaqiruv yoshidagi fuqarolari 2020-yilning mart-aprel oylarida muddatli harbiy xizmatga chaqiriladi.

TOShKENT, 26 fev – Sputnik. “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatini o‘tab bo‘lgan harbiy xizmatchilarni Qurolli Kuchlar rezerviga bo‘shatish to‘g‘risida” prezident qarori qabul qilindi.

Voyennoslujashie komandi armii Uzbekistana vo vremya podgotovki k mejdunarodnim sorevnovaniyam Tankoviy biatlon-2019 na podmoskovnom poligone Alabino.  - Sputnik O‘zbekiston
Harbiy xizmat, attestatsiya va imtiyoz: o‘zbek armiyasidagi asosiy o‘zgarishlar

Qarorga muvofiq, chaqirilish muddatini kechiktirish huquqiga ega bo‘lmagan O‘zbekistonning chaqiruv yoshidagi fuqarolari 2020-yilning mart-aprel oylarida muddatli harbiy xizmatga chaqiriladi.

Muddatli harbiy xizmatni o‘tashga yaroqli hamda chaqirilish muddatini kechiktirish va chaqirilishdan ozod etish huquqiga ega bo‘lmagan, biroq ushbu chaqiruv mobaynida Qurolli Kuchlar safiga chaqirilmaydigan fuqarolar safarbarlik chaqiruvi rezerviga olinadi.

Shuningdek, muddatli harbiy xizmatning belgilangan muddatini o‘tab bo‘lgan harbiy xizmatchilar 2020-yilning mart-aprel oylarida Qurolli Kuchlar rezerviga bo‘shatiladi.

Yangiliklar lentasi
0