Minnixanov Qozon va Buxoro o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovni yo‘lga qo‘yishni taklif qildi

© Press-slujba Prezidenta RTPrezident Respubliki Tatarstan Rustam Minnixanov na vstreche s xokimom Buxarskoy oblasti (Uzbekistan) Uktamom Barnoyevim
Prezident Respubliki Tatarstan Rustam Minnixanov na vstreche s xokimom Buxarskoy oblasti (Uzbekistan) Uktamom Barnoyevim - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Buxoro viloyati hokimi bilan uchrashuvda Rustam Minnixanov Qozon va Buxoro shaharlarini to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘lovchi aviaqatnovni tashkil etish taklifini bildirdi.

TOShKENT, 26 fev — Sputnik. Buxoro viloyati hokimi O‘ktam Barnoyev Qozon shahrida Tatariston prezidenti Rustam Minnixanov bilan uchrashdi. Bu haqda Tatariston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda Tatariston hamda Buxoro viloyatidagi korxonalar o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, o‘zaro yetkazib berilayotgan mahsulotlar va xizmatlar hajmi hamda turlarini ko‘paytirish, gumanitar aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama etildi.

Elor Ganiyev - Sputnik O‘zbekiston
G‘aniyev Tatariston bilan tovar ayirboshlashni muvozanatga keltirishni taklif qildi

Minnixanov faollik bilan olib borilgan ishlar natijasida 2018-yilda Tatariston va O‘zbekiston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 50 foizdan ko‘proqqa o‘sib, 146 mln  dollarni tashkil etganini qayd etdi. O‘tgan yil yakunlariga ko‘ra esa o‘zaro savdo hajmi 195 mln dollarga yetgan.

Tatariston prezidentining so‘zlariga ko‘ra, bu borada yetakchi tatar kompaniyalari tomonidan katta ishlar olib borilmoqda. 2019-yilda Samarqandda “KAMAZ” rusumli avtotransport vositalarini yig‘ish liniyasi ishga tushirildi. “Tatneft” hamda “GMS” guruhi kompaniyalari o‘zlarining loyihalarini amalga oshirmoqdalar.

Shuningdek, Rustam Minnixanov Tatariston hamda O‘zbekiston o‘rtasida muntazam aviaqatnov yo‘lga qo‘yilganligini ta’kidlab, Qozon va Buxoro shaharlarini to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘lovchi aviaqatnovni tashkil etish taklifini bildirdi. Bu ikki tomonlama ishbilarmon doiralarning o‘zaro hamkorligi va sayyohlar oqimining ortishiga xizmat qilishi e’tirof etildi.

Eslatib o‘tamiz, Rustam Minnixanov o‘tgan yilning noyabr oyida ikki kunlik tashrif bilan O‘zbekistonga tashrif buyurgan edi. Tashrif doirasida O‘zbekiston prezidenti bilan uchrashgan edi.

Yangiliklar lentasi
0