Ashraf G‘ani qasamodi sanasi 9-martga ko‘chirildi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishRabochiy vizit prezidenta RF V. Putina v Kazaxstan. Den vtoroy
Rabochiy vizit prezidenta RF V. Putina v Kazaxstan. Den vtoroy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sal oldin Reyter agentligi o‘z manbalariga tayangan holda AQSh toliblar bilan bitim imzolanishi bekor qilinishi mumkinligi xavfi tufayli G‘anidan o‘z inauguratsiyasini keyinga qoldirishni so‘ragani haqida xabar bergan edi.

TOShKENT, 26 fev - Sputnik. Afg‘oniston prezidentligiga saylovlarda g‘olib chiqqan Ashraf G‘anining inauguratsiyasi 9-mart sanasiga ko‘chirildi, deb xabar qilmoqda davlat rahbari administratsiyasining Twitterdagi sahifasida.

Prezident Afganistana Moxammad Ashraf Gani  - Sputnik O‘zbekiston
Afg‘oniston prezidenti saylovida "Yangi afg‘on patriotlari" g‘olib chiqdi - ekspert

"Prezident G‘ani mamlakatdagi siyosiy arboblar, oqsoqollar, Hukumatni tashkil etish guruhning yuqori martabali a’zolari va Afg‘onistonning xalqaro ittifoqdoshlari bilan o‘tkazilgan kengqamrovli va har tomonlama maslahatlashuvlardan so‘ng, 27-fevral kuni bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan prezident inauguratsiyasini keyinga, 9-martga qoldirishni maqsadga muvofiq deb topdi", - deyiladi xabarda.

Sal oldin Reyter agentligi o‘z manbalariga tayangan holda AQSh toliblar bilan bitim imzolanishi bekor qilinishi mumkinligi xavfi tufayli G‘anidan o‘z inauguratsiyasini keyinga qoldirishni so‘ragani haqida xabar bergan edi.

"Tolibon" radikal harakati G‘anining Afg‘oniston prezidentligiga qayta saylanganligi mamlakatda kechayotgan tinchlik jarayoniga zid borayotganligi haqida bayonot bergan. Toliblar bo‘lib o‘tgan saylovlarni ko‘zni shamg‘alat qiluvchi deb atagan edi.

Afg‘onistondagi prezident saylovlari 28-sentabrda bo‘lib o‘tdi. Xabar berilishicha, dastlabki natijalarga ko‘ra, mamlakatning amaldagi prezidenti G‘ani saylovchilarning 50,64% ovozini olishga muvaffaq bo‘ldi. Ikkinchi o‘rinni 39,52% ovoz bilan Afg‘onistonning Ijroiya hukumati rahbari Abdulla Abdulla egallagan. Afg‘onistonning sobiq bosh vaziri, "Xizb-e-Islomiy" (Afg‘oniston islom partiyasi) yetakchisi Gulbiddin Hikmator 3,85% ovoz olgan. Prezidentlikka saylov poygasida ikkinchi o‘rinni egallagan Abdulla Facebookdagi akkauntida, saylovlarning dastlabki natijalaridan rozi emasligini aytib, ovozlarning tekshirilishini talab qildi.

Yangiliklar lentasi
0