Qirg‘iziston O‘zbekistonni eng yirik GES qurilishiga jalb qilish niyatida

© Press-slujba pravitelstva / Sabir AilchiyevToktogulskaya GES v Kirgistane
Toktogulskaya GES v Kirgistane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qirg‘iziston kuchlanishi bo‘yicha To‘qtogul elektr stansiyasidan bir yarim baravar kuchliroq bo‘lgan Qambarota-1 GESini mustaqil ravishda qurishga tayyor. Biroq, Bishkek loyihaga chet el investorlarini, shu jumladan, O‘zbekistonni ham jalb qilishi mumkinligini istisno qilmaydi.

TOShKENT, 25 fev - Sputnik. Qirg‘iziston eng yirik Qambar-Ota GESi qurilishini mustaqil ravishda boshlash niyatida. Birinchi navbatda respublika GES qurilishi uchun barcha kerakli infrastrukturani tayyorlab qo‘ymoqchi: avtomobil yo‘llari va boshqa komunikatsiyalar. 

Chet el investorlari qatorida O‘zbekiston ham bo‘lishi mumkin, deb xabar beradi Sputnik Qirg‘iziston Milliy energetika xoldingi rahbari Aytmamat Nazarovga tayanib.

Rasmiyning so‘zlariga ko‘ra, xozirda texnik-iqtisodiy asoslash tayyorlanib, bir qator investorlar va xalqaro moliya institutlari bilan muzokaralar olib borilmoqda. Xususan, ushbu loyihada O‘zbekiston va Qozog‘iston vakillarining ishtiroki muhokama qilinishi rejalashtirilgan.

Plotina GES na reke - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Tojikiston hamkorlikda Zarafshon darosida GES quradi

"Menimcha, biz yaqinda loyihaning boshlanishi haqida e’lon qilamiz. Biz unga milliy maqom berilishini xohlaymiz. Yillik ishlab chiqarish quvvati 1,86 GVt kuchlanishda  6 milliard kilovatt-soatni tashkil etadi. Hozircha biz kimni investor bo‘lishini ko‘rib chiqmoqdamiz, lekin avval loyihani o‘zimiz boshlab infratuzilmani qurmoqchimiz - yo‘llar, tunnellar, ko‘priklar va qurilish maydonchasini tayyorlash," - dedi Nazarov.

2017 yilda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev respublika Qambar-Ota loyihasini amalga oshirishda ishtirok etishga tayyorligini bildirgan, ammo aniq muddatlar, shuningdek GESning qaysi bosqichi xususida gap ketmagan. Hozircha O‘zbekiston tomonidan ushbu masala bo‘yicha izoh olinmagan.

Yangi stansiya Toktogul GESiga qaraganda bir yarim baravar kuchliroq bo‘ladi. CASA-1000 loyihasiga ulangan taqdirda, stansiyaning xarajatlarini qoplanishi muddati 12-yilni tashkil etadi. Loyihani ishga tushirish 2012-yilda, "Inter RAO" OAJ bilan shartnoma imzolanganida rejalashtirilgan edi. Biroq, 2015-yilda Qirg‘iziston hukumati birdaniga ikki energetik bitimni denonsatsiya qilish tashabbusi bilan chiqqan.

Yangiliklar lentasi
0