AQShga mumkin-u boshqalarga mumkin emasmi?

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishInformatsionnie texnologii
Informatsionnie texnologii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh Huaweini josuslikda ayblab dunyoga jar solayotgan bir vaqtda MRB 50-yildan ortiq vaqt davomida 120 davlatning shifrlangan xabarlariga “quloq solib” kelgani oshkor bo‘ldi.

O‘zlarini boshqalarga qaraganda "tengroq" deb hisoblaydiganlarni yoqimsiz surprizlar muqarrar ravishda kutmoqda, deb yozadi RIA Novosti muallifi Kirill Strelnikov. 

O‘tgan hafta Xitoyning Huawei kompaniyasining telekommunikatsiya uskunalari bilan jimjit o‘ynagan josuslik o‘yinida AQSh yana bir muhim marraga erishishi kerak edi.

AQShda Huawei ta’qiqlandi: mamlakatda favqulodda holat tartibi joriy etilgan

Amerika matbuotida va rasmiy Internet-manbalarda quyidagilar sinxron ravishda e’lon qilindi: 1) Huawei kompaniyasining ularning uskunalari o‘rnatilgan dunyodagi uyali tarmoqlardan kamida o‘n yil davomida ma’lumotlarga yashirin kirish huquqiga ega bo‘lganlikda qat’iy, to‘g‘ridan-to‘g‘ri va rasmiy ravishda ayblashlari 2) Amerika Qo‘shma Shtatlarining 2020-2022 yillarga qarshi milliy kontrjosuslik strategiyasi (The National Counterintelligence Strategy of the United States of America 2020-2022), uning asosiy maqsadi aynan birinchi xatboshda tasvirlanganlarga o‘xshash ko‘rinishlarga qarshi kurashishdir.

Ammo yaxshi PR -istiqbolga ega puxta ishlab chiqilgan media-reja AQSh hukumati va ularning maxsus xizmatlari atrofida yuzaga kelgan ulkan janjal paytida quladi.

Muvaffaqiyatsiz tasodif tufayli (va ehtimol beparvo hisob-kitob bilan) janob Trampga yaxshi munosabatda bo‘lmagan The Washington Post gazetasi tor-mor qiluvchi tergovni e’lon qildi, uning asosiy xulosasi shundan iboratki, AQSh ma’murlari 50-yildan ortiq vaqt davomida dunyoning 120 dan ortiq davlatlarining shifrlangan aloqalarni o‘qib eshitib kelganlar, bunda ular hozirda Huawei-ni ayblanishiga sabab bo‘lgan usuldan foydalanishgan.

Huawei predstavili svoi pervie umnie ochki  - Sputnik O‘zbekiston
Huawei o‘zining ilk “aqlli” ko‘zoynaklarini namoyish etdi

Eslatib o‘tamiz: Haqiqiyligi hech qaysi rasmiy idora tomonidan inkor qilinmagan bu xujjatlarda Markaziy razvedka boshqarmasi Germaniyaning BND xizmati bilan hamkorlikda Ikkinchi Jahon urushining oxiridan 2018-yilgacha "o‘ta xavfsiz" aloqa uskunalarini ishlab chiqarishda yetakchi bo‘lgan Shveysariyaning Crypto AG firmasiga yashirin ravishda egalik qilgan. Ushbu uskuna butun dunyo bo‘ylab, ayniqsa muhim davlat va diplomatik aloqa kanallarini ta’minlash uchun sotib olingan, imidjini hurmat qiladigan,  obro‘li va neytral davlat mamlakat mahsuloti sifatida hech qanday shubha tug‘dirmagan.

Crypto AG uskunalari dastlab "shpion dasturlari" (backdoor deb ataladigan) imkoniyatlariga ega bo‘lganligi sababli, Milliy Havfsizlik Agentligi (MHA) tahlilchilari tunu-kun dunyoning ko‘plab davlatlari rahbarlari va hatto Papaning shaxsiy aloqa kanallarini o‘z ichiga olgan holda xorijiy mamlakatlarning barcha maxfiy aloqalarining kamida 40 foizini rasshifrovka qilishgan.

Mojaroning ko‘lami mohiyati Amerika Qo‘shma Shtatlari yarim asr davomida hammaga nisbatan uyatsiz ravishda josuslik qilganida emas. Aksincha, amerikaliklar teng ishtiyoq bilan dushmanlari va eng yaxshi do‘stlarning sirlariga ov qilishganida.

HUAWEI P20 Pro - Sputnik O‘zbekiston
Google Huawei bilan hamkorlikni to‘xtatdi

Amerika mahsus xizmatlari muntazam ravishda rahbarlar, mansabdor shaxslar, tashkilotlar, kompaniyalar va ba’zi holatlarda Fransiya, Ispaniya, Belgiya, Italiya va Norvegiya kabi mamlakatlarning aholisi, doimiy ravishda o‘zlarining barcha NATO bo‘yicha ittifoqchilarining kommunikatsiyalarinva Ikkinchi Jahon urushi bo‘yicha ittifoqchilarining aloqa tizimlarida xo‘jayinlik qilishgan. Obamaning Angela Merkelga do‘stlik, muhabbat va transatlantik sadoqatini bir necha bor izhor qilganiga qaramay, Obamaning Merkel shaxsiy telefoniga eshitib turishga buyruq berganligi amerikaliklarning eng sharmandaliklaridan biri bo‘ldi.

Shu bilan birga, AQSh maxsus xizmatlarining amaldorlari bugungi kunda bunday faoliyatni nafaqat noqonuniy, axloqsiz va ba’zan xiyonat deb hisoblamaydilar (hech bo‘lmaganda Ittifoqdoshlarga nisbatan), balki mutlaqo asosli, to‘g‘ri va zarurdir deb hisoblashadi.

70-80 yillarda MHA direktori va Markaziy razvedka boshqarmasining ijrochi direktori bo‘lgan Bobbi Rey Inmanning so‘zlariga ko‘ra, u "Rubikon operatsiyasidan hech ham pushaymon bo‘lmagan. Bu AQSh uchun muhim bo‘lgan dunyoning ko‘plab yetakchilarining aloqalaridan juda qimmatli ma’lumot manbai bo‘lgan".

Munxenskaya konferensiya po bezopasnosti - Sputnik O‘zbekiston
Munxendagi drama: “AQSh boshchiligidagi global tartib tugadi”

Sobiq amerikalik diplomat va hozirda Amerika Strategik xalqaro tadqiqotlar markazining mutaxassisi Jeyms Lyuisning ta’kidlashicha, "barcha yirik davlatlar josuslikdan foydalanishadi va shikoyat qiluvchilarning ko‘plari bizga qarshi josuslik qilishmoqda ".

Ammo Amerika rasmiylarining bu boradagi pozitsiyasini AQSh mediaisteblishmentning eng "dasturiy" nashrlardan biri – National Interest nashr etilgan maqolaning iqtibosi yaqqol yoritib beradi: "Qo‘shma Shtatlar o‘z ittifoqchilari ustidan razvedka ma’lumotlarini to‘plashga tayyor bo‘lishi kerak. Nima uchun? O‘zining eng muhim vazifasini bajarish uchun AQSh hukumati xalqaro razvedka ma’lumotlarini o‘z fuqarolarining xavfsizligini, erkinligini va farovonligini ta’minlash uchun to‘plashi kerak. Bu vazifani bajarish uchun ittifoqchilarimiz ustidan bunday ma’lumotlarni to‘plash ba’zan kerak bo‘ladi. <...> AQSh ittifoqdoshi bo‘lish nimani anglatishini eslaylik: bu shuni anglatadiki, Amerika fuqarolari ba’zi davlatlarni o‘zlarining manbalari bilan va o‘ta og‘ir holatlarda o‘z hayotlari bilan himoya qilishga tayyor. shuning uchun bizning ittifoqchilarimiz ularni himoya qilishimizni so‘rashganligi sababli, biz u yerda nima borligini bilishga asosli qiziqishimiz bor".

Biroq, rasmiy dunyo josusi bo‘lish huquqini tan olgan AQSh, Huawei bilan sodir bo‘lgan xodisa kabi, kimdir ularning vakolatlariga tajovuz qilganga o‘xshasa, g‘azablanadi.

Televizionniy pult - Sputnik O‘zbekiston
Samsung MRB televizorlardan josuslikda foydalangani haqidagi xabarni o‘rganmoqda

Eslatib o‘tamiz, Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘tgan yil davomida boshqa G‘arbiy davlatlar tomonidan Huawei-ning 5G tarmoqlaridan foydalanishiga qarshi to‘g‘ridan-to‘g‘ri bosim va tahdidlardan jirkanmasdan misli ko‘rilmagan kampaniya o‘tkazdi.

Masalan, Donald Tramp shaxsan Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Djonsonni Huawei-ga 5G tarmog‘ini qurishga ruxsat bermaslikni so‘ragan, Davlat departamenti rahbari Mayk Pompeo esa Angliyaga maxsus safar qildi (garchi muvaffaqiyatsiz bo‘lsa ham). AQShning Germaniyadagi elchisi esa ultimatum qo‘ydi: agar ular shu ishlab chiqaruvchining uskunalaridan foydalansalar, AQSh Germaniya bilan razvedka ma’lumotlarini almashishdan bosh tortadi. Chexiya bosim ostida o‘z kompaniyalariga Huawei-dan foydalanish to‘g‘risida ogohlantirish berdi va Polsha hatto o‘z safida Xitoy josusini topdi. Biroq, Amerika Qo‘shma Shtatlari bosim o‘tkazishga uringan ko‘pchilik davlatlar, shu jumladan Angliya, Germaniya, Hindiston va BAA o‘z qarorida qolishdi.

Sababi: Huawei uskunasidan foydalanganda davlat xavfsizligiga xavf tug‘diradigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri (va hatto bilvosita) dalillarning yo‘qligi. Amaldorlarning ko‘plab guvohliklariga ko‘ra, xorijiy razvedka xizmatlari vakillari uchun o‘tkazilgan har qanday brifinglarda, amerikaliklar kompaniyani suiiste’mol qilishning aniq faktini keltira olmadilar.

WhatsApp ostida yashirinadigan virus aniqlandi: 25 million telefon zaharlandi

Mutaxassislar va tahlilchilarning fikriga ko‘ra, Huawei bilan bog‘liq bo‘lgan shov-shuvni faqat bitta omil bilan izohlash mumkin: amerikaliklar o‘z tajribalaridan "orqa eshiklar"ga ega bo‘lish qanday katta imkoniyatlar berishini va to‘plangan ma’lumot, ma’lumotlar sizib chiqishini aniqlashning iloji bo‘lmaganda qanday kuchga ega bo‘lishini bilishadi va nazariy jihatdan ham, boshqa birov bunday imkoniyatlarga ega bo‘lishi mumkinligini ularga tasavvur qilish juda mushkul. Shunga ko‘ra, Huawei mojarosining ko‘lami amerikaliklarning faoliyati to‘g‘risida tasavvurni berishi mumkin - buni Crypto AG bilan bog‘liq tergovida tasdiqlangan.

Vaziyatni kiberxavfsizlik bo‘yicha mustaqil maslahatchi Lukash Oleynikning so‘zlari yaxshi tasvirlab beradi: "Texnologiyalar endi eng muhim mavzu - har qachongidan ham muhimroqdir. Eng muhimi, dasturiy ta’minot va uskunani to‘liq va bir vaqtning o‘zida nazorat qilishdir. Siz kimga ishonasiz? Bu milliy raqamli suverenitet masalasi".

Bu savol Crypto AG bilan bog‘liq janjalning bir qismi bo‘lgan ayanchli izhorlar fonida yaqinda mamlakatimiz rahbariyatining raqamli suverenitetni mustahkamlash bo‘yicha tashabbuslarini tanqid qilgan har bir kishi o‘ziga berishi kerak, bunday suverenitetning yo‘qligi boshi berk ko‘chaga yo‘ldir.

Yangiliklar lentasi
0