JSST bayonoti: yangi koronavirusga qarshi dori yo‘q

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishUsilenie sanitarno-karantinnogo kontrolya v aeroportax
Usilenie sanitarno-karantinnogo kontrolya v aeroportax - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
JSST vakili so‘zlariga ko‘ra, yangi koronavirusni davolash vaqtida OIVga qarshi yoki bundan avvalgi turdagi koronaviruslarga qarshi qo‘llanilgan dorilarning samara berganligi ham o‘z isbotini topmagan

TOShKENT, 5 fev – Sputnik, Yelizaveta Isakova. 2019-nCoV qarshi ta’sir ko‘rsata oladigan dori vositalari hozircha yo‘q, lekin kasallikka chalinganlarning aksariyati, davolanish imkoniyati taqdim etilsa, halok bo‘lmaydilar, deb bayonot qildi chorshanba kuni BSSTning favqulodda dasturlar bo‘yicha ijrochi direktori Maykl Rayan.

Uzbekistan nachal evakuatsiyu svoix grajdan iz Uxanya - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonliklar koronavirus tarqalgan shaharni qanday tark etdi - video

"Yangi koronavirusga qarshi o‘z tasdig‘ini topgan, samarali dori vositalari yo‘q. Bu epidemiya, agar uning jins va yosh bo‘yicha tarqalishiga qaraydigan bo‘lsak, asosan keksa yoshdagi, salomatliklari og‘irlashib qolgan kishilar orasida salbiy oqibatlarni va o‘lim holatlarini keltirib chiqarmoqda. Bemorlarning aksariyati organlari ishlamay qolganligidan vafot etishgan. Bu ko‘proq virus ta’siridan ham ko‘ra, u vujudga keltirgan shok tufayli sodir bo‘lgan. Shuning uchun, agar bemorlarga davolash xizmatlari taqdim etilsa, ularning aksariyati tirik qolishi mumkin", - deb aytgan Rayan.

JSST vakili so‘zlariga ko‘ra, yangi koronavirusni davolash vaqtida OIVga qarshi yoki bundan avvalgi turdagi koronaviruslarga qarshi qo‘llanilgan dorilarning samara berganligi ham o‘z isbotini topmagan.

Ammo davlatlar ushbu sertifikatsiya qilingan dori vositalarini, xususan, interferonlar va ingibitorlarni 2019-nCoVga qarshi ehtimoliy samarali kurashda sinovdan o‘tkazishlari mumkin.

Vspishka pnevmonii neizvestnogo proisxojdeniya. Predvaritelno ustanovleno, chto vozbuditelem zabolevaniya stal noviy tip koronavirusa — 2019-nCoV - Sputnik O‘zbekiston
Yangi koronavirusni yuqtirgan bemorlar soni 20,6 mingdan oshib ketdi

JSST shu bilan birga bunday, bunday hollarda dorilar qanday ishlashini tushunish uchun bu singari tadqiqotlar natijalari bilan bo‘lishishga chaqirmoqda.

Xitoy hukumati 31-dekabr kuni JSSTga Xubey provinsiyasi Uxan shahrida noma’lum pnevmoniya avj olgani haqida xabar qilgan edi. Mutaxassislar kasallik qo‘zg‘atuvchisini aniqlashdi - u yangi 2019-nCoV koronavirus edi. Xitoyning materik qismida virusni yuqtirib olganlar soni 24,3 mingdan oshdi, 490 kishi halok bo‘ldi, yana bir kishi Gonkongda hayotdan ko‘z yumgan. Xitoydan tashqarida 170dan ziyod kishi kasallangan, ularning bir nafari vafot etgan. JSST koronavirus epidemiyasini xalqaro ahamiyatga molik bo‘lgan favqulodda holat, deb tan oldi.

Yangiliklar lentasi
0