MDH, ShHT, ODKB mamlakatlari mudofaa vazirlari iyunda Moskvada uchrashishadi

© Sputnik / Aleksey Danichev / Mediabankka o‘tishZasedanie assamblei stran SNG
Zasedanie assamblei stran SNG - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Harbiy delegatsiyalar rahbarlari 2020-yilning iyun oyiga rejalashtirilgan MDH, ShHT va ODKB a’zolari bo‘lgan davlatlar mudofaa vazirlarining qo‘shma yig‘ilishini o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni muhokama qiladilar

TOShKENT, 5 fevr — Sputnik. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH), Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (ShHT) va Kollektiv Xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXShT) mamlakatlari harbiy idoralari vakillari 4-5 fevral kuni Moskvada ushbu davlatlar Mudofaa vazirliklari rahbarlarining iyun oyida o‘tkaziladigan uchrashuviga tayyorgarlik jarayonini muhokama qiladilar.

Flagi stran uchastnis SNG - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston 2020-yilda MDH raisligidagi Konsepsiyasini taqdim etdi

Bu haqda seshanba kuni tarqatilgan Rossiya mudofaa vazirligi xabarida aytilgan.

"Harbiy delegatsiyalar rahbarlari 2020-yilning iyun oyiga rejalashtirilgan MDH ishtirokchi davlatlari, ShHT ishtirokchi davlatlari, ODKB a’zolari bo‘lgan davlatlar mudofaa vazirlarining qo‘shma yig‘ilishini o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni muhokama qiladilar", - deb xabar qilgan Mudofaa vazirligi.

Ushbu yig‘ilishda o‘z ishtirokini Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Hindiston, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Pokiston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston harbiy idoralari vakillari tasdiqlagan, deb qo‘shimcha qilgan Rossiya harbiy idorasi.

Yangiliklar lentasi
0