TOShKENT, 31 yanv — Sputnik. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Xitoyda yangi koronavirus tarqalish holatini – xalqaro miqyosdagi favqulodda vaziyat deb tan oldi. Bu haqida tashkilot bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyesus xabar qildi.
JST ma’lumotiga ko‘ra, ushbu virus bilan butun dunyoda 7834 kishi kasallangan. Ularning asosiy qismi Xitoyda – 7736 kishi, qolgan 98 nafari 18 mamlakatga to‘g‘ri kelmoqda. Shu bilan bir vaqtda shifokorlar 8 holatda virus insondan insonga o‘tgani qayd etilgan.
Gebreyesus aytishiga qarganda, ayni damda 1371 kishi og‘ir ahvolda. Vafot etganlar soni 200 dan oshgan. 12167 kishi – koronavirus bilan kasallanishda gumon qilinmoqda.
Koronavirusni qanday to‘xtatish mumkin?
JST direktori so‘zlariga ko‘ra, virusni to‘zxtatish mumkin. Buning uchun kasallikni imkon qadar oldinroq aniqlab, kasallangan kishilarni boshqalardan ajratib qo‘yish kerak. Shuningdek, ular aloqada bo‘lgan kishilarni ham aniqlash epidemiya tarqalishini oldini oladi.
Shu bilan bir vaqtda JST koronavirus tufayli mahsulotlar aylanishini cheklash, chegaralarni yopishni, viza berishdan voz kechishni tavsiya etmaydi. JST barcha davlatlarga koronavirus haqida tarqalayotgan yolg‘on ma’lumotlarga qarshi kurashishni tavsiya etadi.
Shuningdek tashkilot ekspertlari xitoylik mutaxassislarga virusning zoologik manaini topishni, xalqaro aeroportlarda yo‘lovchilarni tekshiruvdan o‘tkazishni va kasallangan fuqarolarni izolyatsiya qilishni tavsiya qilgan.
Koronavirus tarqalishi
Dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum pnevmoniya kasali aniqlangan edi. mutaxassislar fikriga ko‘ra, kasallik tarqalishiga koroavirusning yangi turi - 2019-nCoV saba bo‘lgan.
Tez orada kasallik Xitoydan tashqarida ham tarqalishni boshladi. Virus Gonkong, Makao, Tayvan, Tailand, Yaponiya, Janubiy Koreya, AQSh, Kanada, Vyetnam, Singapur, Nepal, Fransiya, Avstraliya, Malayziya, Germaniya va Finlyandiyada paydo bo‘ldi.
Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin mamlakatning Uzoq Sharqdagi chegaralarini yopishni talab qildi. Bosh vazir o‘rinbosali Tatana Golikova xabar qilishiga ko‘ra, Rossiyada koronavirus bilan kasallangan odam aniqlanmaganini va uni oldini olish uchun kerakli choralar qo‘llanilayotganini xabar qildi.
Kasallikning asosiy simptomlari
Rospotrebnadzor xabariga ko‘ra, koronavirus bilan kasallangan kishi nafas olishga qiynaladi va charchoq his qiladi. Shuningdek unda yuqori tana harorati, yo‘tal va tomoq og‘rig‘i ham kuzatiladi.
Virusning inkubatsion davri 2 haftagacha bo‘lishi mumkin. Ushbu davr mobaynida kasallangan kishida hech qanday o‘zgarish kuzatilmasligi ham mumkin. Shuning uchun Rospotrebnadzor yaqin 2 hafta ichida Xitoyga borgan yoki u yerdan kelgan kishilar bilan aloqada bo‘lgan kishilarni diqqatostiga olishni tavsiya berdi.
Mutaxassislar fikriga ko‘ra, koronavirus oqibatida pnevmoniya bilan kasallanganda antibiotiklardan foydalanish ta’qiqlanadi. Hozircha koronavirusga qarshi maxsus vosita ishlab chiqilmagan.
“Koronavirus bilan har bir kishi kasallanishi mumkin, lekin bolalar, 65 yoshdan kattalar va immuniteti kuchsiz bo‘lgan kishilar alohida xavf ostida”, - deyilgan Rospotrebnadzor xabarida.
Virus tarqalishi munosabati bilan Rospotrebnadzor qo‘l siqib ko‘rishish, yuzidan o‘pish va boshqa uslublarda yaqinlashishni tavsiya etmaydi. Shuningdek shaxsiy gigiyenaga jiddiy e’tibor berish, qo‘l yuvish, samtfon ekrani va klaviaturani, eshik tutqichlari, lift tugmachalarini doimiy tozalab turishni tavsiya etadi.