O‘zbekistonda chorvachilik xo‘jaliklariga subsidiya ajratiladi

© Sputnik / Alexander Kryazhev / Mediabankka o‘tishKorovi v stoyle jivotnovodcheskogo kompleksa
Korovi v stoyle jivotnovodcheskogo kompleksa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2020-2022 yillarda davlat tomonidan xorijdan import qilingan nasldor qoramolning har bir boshiga 2 million so‘m, nasldor qo‘y va echkining har bir boshiga 400 ming so‘m miqdorida subsidiya ajratiladi

TOShKENT, 30 yanv — Sputnik. Prezidentning 2020-yil 29-yanvardagi 4576-sonli  qarori bilan chorvachilik xo‘jaliklariga subsidiya ajratiladi.

Qaror bilan Chorvachilik va uning tarmoqlarini rivojlantirish Respublika kengashi tashkil etildi va uning asosiy vazifalari belgilandi.

Jumladan, kengash chorvachilik sohasida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash sanoati korxonalari hamda chorvachilik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlarining o‘zaro hamkorligini ta’minlaydi.

Selektornoe sobranie posvashennoe problemam jivotnovodstva - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev chorvachilik sohasini tanqid qildi

Qarorga muvofiq:

-  chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik va quyonchilik bo‘yicha loyihalarini amalga oshirish uchun tijorat banklari tomonidan ajratiladigan 20 milliard so‘mgacha miqdordagi kreditlar bo‘yicha foiz stavkasining Markaziy bankining asosiy stavkasidan oshadigan, lekin 8 foiz punktidan ko‘p bo‘lmagan qismiga kompensatsiya yoki kredit summasining 50 foizi miqdorida kafillik taqdim etiladi;

- tadbirkorlarga ekvivalenti 20 milliard so‘mdan oshmaydigan xorijiy valyutadagi kreditlar uchun tijorat banklari tomonidan belgilangan foiz stavkasining 40 foizigacha, lekin 4 foiz punktidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda tijorat banklarining kreditlari bo‘yicha foiz xarajatlarini qoplash uchun kompensatsiya taqdim etiladi.

Shuningdek, 2020-2022 yillarda davlat tomonidan quyidagi tartibda subsidiya ajratiladi:

 - chorvachilik mahsulotlari yetishtiruvchi xo‘jaliklarga:

- respublikada faoliyat yuritayotgan naslchilik xo‘jaliklaridan sotib olingan har bir bosh qoramolga 1 million so‘m miqdorida;

Gendirektor Natsionalnogo soyuza proizvoditeley govadini Roman Kostuk - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonga qanday chorvachilik modeli kerak  – ekspert fikri

- xorijiy davlatlardan import qilingan nasldor qoramolning har bir boshiga 2 million so‘m, nasldor qo‘y va echkining har bir boshiga 400 ming so‘m miqdorida.

“O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasiga a’zo bo‘lgan intensiv usulda baliq yetishtiruvchi xo‘jaliklarga:

- intensiv usulda yetishtirilgan bir tonna baliq mahsuloti uchun 1 million so‘m miqdorida;

- O‘zbekiston hududiga import qilingan 1 dona nasldor ona baliqning 3,5 million so‘mgacha bo‘lgan xarajatlarining 50 foizi miqdorida;

- “Parrandasanoat” uyushmasiga a’zo bo‘lgan parrandachilik xo‘jaliklariga har bir bosh 1 kunlik nasldor jo‘jani import qilish bilan bog‘liq xarajatlarning 9 ming so‘mini qoplash uchun.

Yangiliklar lentasi
0