Xitoydagi o‘zbekistonlik talabalar soni qancha?

© Sputnik / Anna Ratkoglo / Mediabankka o‘tishRasprostranenie koronavirusa novogo tipa v Kitae
Rasprostranenie koronavirusa novogo tipa v Kitae - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonlik talabalarning sog‘lig‘i bilan bog‘liq hech qanday shikoyatlar mavjud emas. Vaziyat to‘liq nazoratga olingan.

TOShKENT, 30 yanv - Sputnik. Oliy Majlis Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi mutasaddilaridan ayni kunlarda Xitoyda bo‘lib turgan o‘zbekistonlik yoshlar ahvoli haqida ma’lumotlar old, , deb xabar qilgan O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining Axborot xizmati.

Premyer-ministr Uzbekistana Abdulla Aripov - Sputnik O‘zbekiston
Abdulla Aripov koronavirus masalasida majlis o‘tkazdi

Ushbu ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda Xitoyning koronavirus tarqalgan murakkab epidemik vaziyat hukm surayotgan hududida 72 nafar o‘zbekistonlik talaba mavjud bo‘lib, ular bilan mamlakatimizning Xitoydagi elchixonasi, Bosh konsulxonasi xizmati xodimlari hamda universitet ma’murlari tomonidan doimiy muloqot olib borilmoqda.

O‘zbekistonlik talabalarning sog‘lig‘i bilan bog‘liq hech qanday shikoyatlar mavjud emas. Vaziyat to‘liq nazoratga olingan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda koronavirus qurbonlari soni 170 kishiga yetgan, virusni yuqtirganlar soni — 7 711 nafar deb qayd qilingan, Tibetda ham koronavirusni yuqtirganlik bo‘yicha birinchi holat qayd etilgan.

Yangiliklar lentasi
0