Xitoyda koronavirusni yuqtirish uchun odamlarga tupurayotganlar jazoga tortiladi

© REUTERS/Lim Huey TengVspishka pnevmonii neizvestnogo proisxojdeniya. Predvaritelno ustanovleno, chto vozbuditelem zabolevaniya stal noviy tip koronavirusa — 2019-nCoV
Vspishka pnevmonii neizvestnogo proisxojdeniya. Predvaritelno ustanovleno, chto vozbuditelem zabolevaniya stal noviy tip koronavirusa — 2019-nCoV - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tibbiyot xodimlariga qasddan ziyon yetkazganlik, ularga hujum qilganlik, davlat va xususiy mulkka ataydan zarar yetkazganlik, tibbiyot xodimlarini omma oldida haqorat qilish yoki qo‘rqitish uchun ham jiddiy jazo ko‘zda tutilgan.

TOShKENT, 30 yanv - Sputnik. Xitoyda koronavirusni qasddan yuqtirayotgan shaxslarga jazo chorasi qo‘llaniladi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Rasprostranenie koronavirusa novogo tipa v Kitae - Sputnik O‘zbekiston
Xitoydagi o‘zbekistonlik talabalar soni qancha?

Mintaqadagi jamoat xavfsizligi boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, Xubey provinsiyasi hukumati karantindan bosh tortayotgan, shuningdek, odamlarga, virusni ularga qasddan yuqtirish uchun tupurayotgan yangi tipdagi koronavirus tashuvchilarini jinoiy javobgarlikka tortishni rejalashtirmoqda.

Boshqarma sog‘liqni saqlash sohasidagi tartib va mas’uliyatsizlikbilan bog‘liq bo‘lgan jinoyatchilikka qarshi keskin kurashish maqsadi haqida bildirishnomani ommaga e’lon qilgan. Bildirishnomaga ko‘ra, jamoat joylarida boshqalar xavfsizligini xatar ostiga qo‘yib tupurayotgan va virusni qasddan tarqatayotgan odamlar jinoiy javobgarlikka jalb etilishi mumkin.

Predsedatel pravitelstva RF Mixail Mishustin i prezident RF Vladimir Putin pered nachalom vstrechi s chlenami pravitelstva RF - Sputnik O‘zbekiston
Putin koronavirus bo‘yicha hukumatga topshiriq berdi

Shuningdek, karantin yoki davolanishdan voz kechayotgan virusni yuqtirgan yoki yuqtirganligi gumonlanayotgan shaxslar ham jazolanadi.

Tibbiyot xodimlariga qasddan ziyon yetkazganlik, ularga hujum qilganlik, davlat va xususiy mulkka ataydan zarar yetkazganlik, tibbiyot xodimlarini omma oldida haqorat qilish yoki qo‘rqitish uchun ham jiddiy jazo ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, hukumat tibbiyot muassasalariga dafn gulchambarlarini olib kelish va sadaqa pullarini yoqish (Xitoyda an’anaga ko‘ra, dafn marosimlarida qog‘oz pullar yoqiladi), bannerlarni osish, kasalxonalar kirish yo‘lagini to‘sish ham qat’iy man etgan - bu harakatlarning barchasi jinoyat deb baholanadi va og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Abu-Dabi - Sputnik O‘zbekiston
BAAda ham yangi koronavirusdan kasallanish holati qayd etildi

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil dekabr yakunida Xitoy hukumati Xubey provinsiyasi markazi bo‘lgan Uxan shahrida noma’lum pnevmoniya tarqalgani haqida xabar qilingandi. Keyinchalik, kasallik qo‘zg‘atuvchisi koronavirus 2019-nCoV ekani aniqlandi.

Xitoydan tashqari virus tarqalishi holatlari Gonkong, Makao, Tayvanda; Tailandda, Yaponiya, Janubiy Koreya, AQSh, Kanada, Vyetnam, Singapur, Nepal, Fransiya, Avstraliya, Malayziya, Germaniya, Finlyandiyada qayd etilgan.

Yangi koronavirus Xitoyning barcha regionlarida aniqlangan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, virusni yuqtirgan insonlar soni 7 711 nafarni tashkil etadi, 170 kishi halok bo‘lgan.

Yangiliklar lentasi
0