Toshkent viloyatida Farmatsevtika texnik universiteti tashkil etiladi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishProizvodstvo lekarstv na farmatsevticheskoy fabrike
Proizvodstvo lekarstv na farmatsevticheskoy fabrike - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent viloyati Qibray tumanida “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri tashkil etiladi.

TOShKENT, 29 yanv — Sputnik. Toshkent viloyati Qibray tumanida “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri tashkil etiladi. Bu haqda prezidentning 4574-sonli qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq,  Klaster o‘z ichiga quyidagilarni tashkil etishni qamrab oladi:

- Farmatsevtika texnik universiteti;

TGEU (Narxoz) - glavnoe zdanie  - Sputnik O‘zbekiston
O‘zini-o‘zi moliyalashtiradigan oliygohlar korrupsiyadan himoya qilinadi

- innovatsion dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar ishlab chiqarishga mo‘ljallangan ishlab chiqarish maydonlaridan iborat sanoat zonasi.

Qaror bilan klasterning hamda universitetning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari belgilandi.

Jumladan, universitet dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ishlab chiqarish, kosmetologiya, tarmoq va biznesni boshqarish sohalarida xalqaro ta’lim standartlariga muvofiq malakali kadrlar tayyorlaydi.

Qaror bilan klasterni tashkil etish bo‘yicha konsepsiya hamda amaliy chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

Konsepsiyaga ko‘ra, klasterni tashkil etishdan maqsad respublikada farmatsevtika fanini rivojlantirish, farmatsevtikada ta’lim tizimini takomillashtirish, chuqur ilm talab qiladigan va yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni tashkil qilish hisoblanadi.

Yangiliklar lentasi
0