Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev dlya oznakomleniya s sotsialno-ekonomicheskimi proyektami otbil v Xorezmskuyu oblast
Shavkat Mirziyoyev dlya oznakomleniya s sotsialno-ekonomicheskimi proyektami otbil v Xorezmskuyu oblast - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Abdulaziz Kamilov Berlinda qozog‘istonlik hamkasbi bilan uchrashdi. Uchrashuvda Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘istonga rejalashtirilayotgan tashrifi ikki davlat o‘rtasidagi yaqin qo‘shnichilik va do‘stona aloqalarni yanada mustahkamlashda muhim bosqich bo‘lishi ta’kidlandi.

TOShKENT, 29 yanv — Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Berlin shahrida qozog‘istonlik hamkasbi Muxtar Tleuberdi bilan uchrashdi.

Pribitie poyezda Tashkent-Moskva - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Qozog‘iston yo‘lovchilarning hujjatini tekshirishni kamaytirishni muhokama qildi

TIV matbuot xizmati xabarida bildirilishicha,  suhbat davomida o‘tgan yilning noyabrida Toshkentda bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ikkinchi maslahat uchrashuvi yakunlariga yuqori baho berilgan. Tomonlar sammit yakunlari bo‘yicha qabul qilingan mintaqaviy integratsiyani yana chuqurlashtirishga yo‘naltirilgan qarorlarni amalga oshirishda hamkorlik qilish masalalarini muhokama qildilar.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi yaqin qo‘shnichilik va do‘stona aloqalarni yanada mustahkamlashdan ikki tomon ham manfaatdor ekanligi ta’kidlandi.

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘istonga rejalashtirilayotgan tashrifi bu jarayonning muhim bosqichi bo‘ladi”, - deyiladi xabarda.

Shuningdek, ikki mamlakat tashqi siyosat idoralari rahbarlari 3-fevral kuni Toshkent shahrida Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQSh tashqi ishlar vazirlarining “C5 + 1” shaklidagi uchrashuvini o‘tkazish masalalarini hamda ikki tomonlama va xalqaro munosabatlar kun tartibining dolzarb jihatlarini muhokama qildilar.

Yangiliklar lentasi
0