Xitoyda koronavirus qurbonlari soni tez ko‘paymoqda

© Sputnik / Anna Ratkoglo / Mediabankka o‘tishProxojie v zashitnix maskax na odnoy iz ulis v Pekine
Proxojie v zashitnix maskax na odnoy iz ulis v Pekine - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xitoyda koronavirus qurbonlari soni bir kunda bir yarim barobar oshdi deb xabar qilmoqda XXR Sog‘liqni saqlash qo‘mitasi.

TOShKENT, 27 yanv - Sputnik. Xitoyda yangi koronavirus bilan kasallanish natijasida vafot etganlar soni 80 kishiga yetdi, kasallanganlar soni 2744 kishiga yetdi, deb xabar beradi Xitoy Davlat sog‘liqni saqlash qo‘mitasi.

Avvalroq, Xitoyda 1975 ta holat qayd etilgani, ulardan 56 kishi vafot etgani haqida xabar berilgan edi.

Rasmiylarga ko‘ra, 461 bemorning ahvoli og‘ir, 51 kasalxonadan chiqarildi, shubhali holatlarning umumiy soni 5794 ga yetdi. Statistikaga ko‘ra, infeksiyaga chalinishning sakkizta holati Gonkongda, beshta Makaoda, to‘rttasi Tayvanda qayd etilgan.

Prodaja ingrediyentov dlya traditsionnoy kitayskoy kosmetiki i lekarstv na rinke v Gonkonge - Sputnik O‘zbekiston
Xitoydagi yangi koronavirus manbai aniqlandi

Global Times gazetasi xabar berishicha, koronavirus tarqalishi boshlangan Xubeyda ushbu kasallik tufayli 76 kishi vafot etgan va kasallanganlarning umumiy soni 1423 taga yetgan.

2019-nCoV koronavirusining avj olishi

Dekabr oyining oxirida, Xitoy hukumati aholisi zich Uxan shahrida (Xubei provinsiyasi) kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan pnevmoniya kasalligi haqida xabar berdi. Mutaxassislar ushbu kasallikning qo‘zg‘atuvchisi odamdan odamga yuqadigan koronavirusning yangi turi - 2019-nCoV ekanligini aniqladilar.

Alomatlar orasida isitma, yo‘tal, nafas qisilishi va tumov. Virus XXR tashqarisida tarqaldi, yuqtirish holatlari Janubiy Koreya, Yaponiya, AQSh, Tailand, Kanada, Vetnam, Singapur, Nepal, Fransiya, Avstraliya va Malayziyada qayd etildi.

Avvalroq, XXR Kasalliklarni oldini olish va nazorat qilish milliy markazining olimlari, 2019-nCoV virusi Chjeszan provinsiyasining Chjoushan shahrida yashovchi ko‘rshapalak organizmidagi koronavirusga o‘xshashligini aniqladilar. XXRda yangi kasallik tarqalishi munosabati bilan yovvoyi hayvonlarni sotish va tashish taqiqlandi.

Yangiliklar lentasi
0