Qanotida Xitoy harflari yozilgan kaptarlar Qozog‘iston aholisini tashvishga soldi - foto

© Sputnik / Aleksey Danichev / Mediabankka o‘tishGolub u fontana.
Golub u fontana.  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qozog‘iston qishloq xo‘jalik vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, bu qushlar Xitoyda o‘tkaziladigan musobaqalar “qatnashchilari” hisoblanadi va ehtimol ularni mamlakatga kuchli shamol olib kelgan.

TOShKENT, 15 yanv – Sputnik.  Sharqiy-Qozog‘iston viloyati aholisi qanot va dumida qizil rangda Xitoy iyerogliflari yozilgan kaptarlar paydo bo‘lgani tufayli tashfishga tushdi. Sputnik Qozog‘iston xabariga asosan.

S kameroy na krilyax: polet orlana nad Alpami - Sputnik O‘zbekiston
Burgut yordamida Alp tog‘larining ajoyib manzarasi videoga olindi

Fuqarolar bu masala yuzasidan Katon-Qarag‘ay milliy bog‘iga murojaat qilishdi.

Ma’lum bo‘lishicha, ilmiy bo‘lim xodimlari 2015-yildan beri bunday qushlarni kuzatib, o‘rganib chiqishgan va bir nechta ilmiy maqolalarni nashr etishgan.

To‘rt yil avval Bekalka qishlog‘i aholisi o‘lgan kaptarni topib olishgan. Qushning o‘ng oyog‘ida qora rangda bo‘lgan uzuk va gologramma borligi aniqlandi. Chap oyog‘ida kichik trapsmitter o‘rnatilgan. Qushning qanotlarida esa Xitoy yozuvi iyerogliflari chizilgan.

Qiziqarli fakt: kaptarlar doim tovuqlar boqiladigan hovlilarda to‘xtab, odamlardan qo‘rqishmagan, qo‘lga o‘rgatilgan edi.  

"Biz Xitoy kaptarlarini o‘rganishni boshlaganimizda, ular haqiqatan ham juda muhim ma’lumotlarning tashuvchisi ekanligi ma’lum bo‘ldi, ammo maxfiy ma’lumotlar emas, balki sportga tegishli ma’lumotlar. Ma’lum bo‘lishicha, o‘tgan asrning 90-yillarida kaptar sporti paydo bo‘lib, tez rivojlangan. Kaptar totalizatorlari katta pul ishlash mumkin bo‘lgan. Bu yo‘nalish rivojlangan mamlakatlardan biri - Xitoy", - deb yozdi Facebook’dagi sahifasida Ekologiya vazirligining Ekologiya vazirligining o‘rmon xo‘jaligi va yovvoyi tabiat qo‘mitasi xodimi Saken Dildahmet.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Xitoya kaptarchilik tiklanishi o‘tgan asrning 90-yillarida iqtisodiy tiklanish boshlanishi bilan bog‘liq. Ushbu davrda, bitta pitomnikdan boshqasiga uchish tezligi bo‘yicha mamlakat bo‘ylab musobaqalar o‘tkazila boshlandi.

2000 yildan beri Pekin va boshqa katta shaharlarda musobaqalar o‘tkazildi.  

Bugungi kunda Xitoyda ko‘plab kaptar o‘chirish musobaqa joylari mavjud. Mamlakatda halqa, mikrochip, kaptarlarni aniqlash uchun skanerlar, elektron skanerli soatlar, shuningdek qushlarning joylashishini aniqlaydigan navigatorlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.

Dildahmetning so‘zlariga ko‘ra, sport kaptarlarni yetishtirish bilan maxsus fermalar shug‘ullanadi. Ulardan bir Urumchida joylashgan. Bu qushlar doimiy yashash joyidan 700 km uzoq masofagacha - chegara oldidagi Olma-ota va Sharqiy-Qozog‘iston viloyatlariga uchib kelishgan. O‘tgan yili tutib olingan qushning qanotida "sport kaptar" va uning laqabi yozilgan.

Kaptarlarni Xitoy bilan chegaradosh joylarda uchramoqda, kuchli shamol tufayli qushlar asosiy marshrutdan uzoqlashgan bo‘lishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0