Hamshirani do‘pposlangan buvi ishi yuzasidan prokuraturaga murojaat qilindi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMashina skoroy pomoshi
Mashina skoroy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sog‘liqni saqlash vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ayol kishining hamshirani do‘pposlagani aks etgan videoni atroflicha o‘rganib chiqdi.

TOShKENT, 9 yanv — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan hamshiraning do‘pposlanishi bilan bog‘liq videotasvir yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati bayonot berdi. Sodir bo‘lgan holat yuzasidan viloyat ichki ishlar boshqarmasi va viloyat prokuraturasiga murojaat qilingan.

Ijtimoiy tarmoqlarda bemor bolaning buvisi tomonidan hamshiraning do‘pposlanishi aks etgan videotasvir tarqaldi. Unda muhrlangan holatga ko‘ra, hamshira tibbiyot ko‘rigiga kelgan bemor bolaning buvisi bilan muloqotda bo‘ladi, so‘ng buvi hamshirani kaltaklaydi.

Shuningdek, videotasvirda hodisa davomida bemorning boshqa qarindoshlari ham bo‘lganligini, ammo ularning hamshirani qutqarishga mutlaqo urinmaganliklarini ko‘rish mumkin.

Mashina skoroy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston
Namanganda bemorning tajovuzkor tog‘asi shifokorni ko‘rish qobiliyatidan mahrum etdi

Sog‘liqni saqlash vazirligining holat yuzasidan ma’lum qilishicha, hodisa 5-yanvar kuni Surxondaryo viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining qabul bo‘limida sodir bo‘lgan.

Qabul bo‘limiga 2017-yil tug‘ilgan bemor F.M.ning tana harorati yuqori ekanidan shikoyat qilib, amakisi hamda buvisi tomonidan murojaat qilingan.

Qabul bo‘limi hamshirasi S.B. birinchi yordam ko‘rsatish maqsadida bemorning tana haroratini o‘lchagan. Tana harorati yuqori ekanini aniqlagan hamshira haroratni tushirish maqsadida paratsetamol shamchasini qo‘yish uchun bemorni muolaja xonasiga olib kirishni ko‘rsatgan. Bemorning buvisi esa to‘satdan hamshiraning shaxsiyatiga tegadigan haqorat qilib, uni do‘pposlay ketadi.

Shunga qaramay, qabul bo‘limidagi navbatchi shifokor tomonidan bemor F.M.ga birinchi yordam ko‘rsatilgan va “O‘tkir respirator kasalligi” tashxisi bilan statsionar davolanishga yotqizilgan.

Do‘pposlangan hamshira S.B. “Bosh miya chayqalishi, chap chakka sohasi yumshoq to‘qimalarining ezilishi” tashxisi bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining viloyat filiali travmatologiya bo‘limiga yotqizilgan.

Vazirlik axborot xizmati xabarida aytilishicha, hozirda bemorning ahvoli tajribali shifokorlar tomonidan nazoratga olingan.

Yangiliklar lentasi
0