Farg‘ona hokimi Shuhrat G‘aniyevga intizomiy chora qo‘llash uchun hukumatga xat yuborildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovShuxrat Ganiyev
Shuxrat Ganiyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Joriy yilning 10-dekabr kuni Internet nashrlarida Farg‘ona viloyati hokimi, senator Sh.G‘aniyevga tegishli hamda tahdid mazmunidagi tarqalgan audioyozuvdagi holatlar bo‘yicha Bosh prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi.

TOShKENT, 30 dek – Sputnik. Bosh prokuratura Farg‘ona hokimi Sh. G‘aniyevga intizomiy chora qo‘llash uchun hukumatga xat yubordi.

Shuxrat Ganiyev - xokim Ferganskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Shuhrat G‘aniyev aybini tan olib kechirim so‘radi

Joriy yilning 10-dekabr kuni Internet nashrlarida Farg‘ona viloyati hokimi, senator Sh.G‘aniyevga tegishli hamda tahdid mazmunidagi tarqalgan audioyozuvdagi holatlar bo‘yicha Bosh prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi.

Aniqlanishicha, ijtimoiy tarmoqlarda Quva tumani Avtoshohbekati yonidagi avtomobil yo‘lida to‘planib turgan taxminan 20-30 nafar fuqarolar tomonidan elektr va gaz ta’minotida uzilishlardan norozilik bildirilayotganligi aks etgan videolavha tarqalgan.

Viloyat hokimligida o‘tkazilgan selektor yig‘ilishida Sh.G‘aniyev Quva tumanidagi holat bo‘yicha tuman hokimiga yuzlangan holda muomala madaniyatidan chetga chiqib, tahdidiy va qo‘pol so‘zlar ishlatgan. Ushbu holat noma’lum shaxs tomonidan yozib olinib, tarqatilgan.

Tergovga qadar tekshiruvda joriy yilning 2-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan selektor yig‘ilishida Sh.G‘aniyev tahdidiy va qo‘pol so‘zlarni ishlatganligi aniqlandi.

Xokim Ferganskoy oblasti Shuxrat Ganiyev - Sputnik O‘zbekiston
Shuhrat G‘aniyev masalasi bo‘yicha Senat Reglament va Odob kommissiyasi yig‘ilishi o‘tkaziladi

Sh.G‘aniyevning so‘zlarida inson hayotiga va sog‘lig‘iga tajovuz qiladigan real tahdid, ya’ni ularni amalga oshirilishidan xavfsirash uchun asoslar mavjud emasligini inobatga olib, mazkur holat yuzasidan Jinoyat-protsessual kodeksi talablari asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad qilish haqida qaror qabul qilindi.

Biroq, Sh.G‘aniyev davlat hokimiyati va boshqaruvi organi mansabdor shaxsi bo‘la turib, Davlat boshqaruvi  organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalari talablarini buzganligini inobatga olib, uning intizomiy javobgarligi masalasini ko‘rib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasiga xat yuborildi.

Yangiliklar lentasi
0