Afg‘onistonda toliblar 14 nafar harbiyni o‘ldirdi

© AFP 2023 / SHAH MARAI Afganskie politseyskie v Kabule.
 Afganskie politseyskie v Kabule.  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Telekanal xabarida so‘nggi paytlarda “Tolibon”ning Afg‘oniston qurolli kuchlariga hujumlari ko‘paygani ta’kidlangan.

TOShKENT, 30 dek — Sputnik. “Tolibon*” radikal harakati jangarilari Juzjon viloyatidagi nazorat-o‘tkazish punktiga hujum qildi va kamida 14 nafar harbiyni o‘ldirdi. Bu haqda RIA Novosti mahalliy 1TV telekanali ma’lumotlariga tayangan holda xabar qilmoqda.

Boyeviki dvijeniya Taliban - Sputnik O‘zbekiston
"Tolibon" Tojikiston chegarasi yaqinidagi afg‘on uyezdini shturm qilmoqda

Xabarda yozilishicha, yana besh kishi yaralangan.

Afg‘on harbiylari o‘z navbatida 7 nafar jangarini yo‘q qilib, 3 nafarini yarador qilishgan.

Telekanal xabarida so‘nggi paytlarda “Tolibon”ning Afg‘oniston qurolli kuchlariga hujumlari ko‘paygani ta’kidlangan.

*“Tolibon” - Rossiya  taqiqlangan terrorchilik tashkilot

Yangiliklar lentasi
0