Everest cho‘qqisi yo‘lida Qashqadaryo o‘tovi o‘rnatiladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovYurti na pole, gde proxodil turnir po kupkari
Yurti na pole, gde proxodil turnir po kupkari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dunyoning eng baland nuqtasi hisoblanmish Everest cho‘qqisiga olib boruvchi yo‘lda O‘zbekiston bayrog‘i tushirilgan, “O‘zbekiston” so‘zi yozilgan Qashqadaroning an’anaviy o‘tovlaridan biri o‘rnatilishi rejalashtirilmoqda.

TOShKENT, 26 dek — Sputnik. Everest cho‘qqisi yo‘lida Qashqadaryo o‘tovi o‘rnatilishi kutilmoqda. Bu haqda Qarshi shahar turizm qo‘mitasi mutaxassisi Sputnik O‘zbekiston muxbiriga ma’lum kildi.

Turizmni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi mutaxassisi Asror Allayarov Nepal davlat san’at, turizm va fuqarolik aviasiyasi vazirligi tarkibidagi turizm boshqarmasi mas’ullari bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Zasedanie OON - Sputnik O‘zbekiston
Turizm bo‘yicha O‘zbekiston tashabbusini BMT qo‘llab-quvvatladi

Katmanduda bo‘lib o‘tgan muzokaralarda ushbu poytaxt bilan Qarshi shaharlari o‘rtasidagi turizm sohasida uzoq yillik hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishib olingan.

Jumladan, ikki shaharga keluvchi xorijlik sayyohlar sonini oshirish, rasmiy web-saytlar orqali ma’lumotlar almashish, xalqaro festivallarda ishtirok etish, sertifikatlangan o‘quv kurslari tashkil qilish, xodimlar malakasini oshirish, ikki shahar universitetlarida ma’ruzalar tashkil etish bo‘yicha memorandum imzolangan. Yaqin 5-yillikdagi rejalarni ham belgilab olishga qaror qilingan.  

“Qashqadaryo viloyatining turistik salohiyati bo‘yicha ko‘plab ma’lumotlarga ega bo‘ldik. Meni ayniqsa, bu hududda bir vaqtning o‘zida to‘rt faslni ko‘rish mumkinligi qiziqtirib qo‘ydi. Umid qilamanki, Qarshi va Katmandu shaharlari o‘rtasida keng qamrovli turistik loyihalarni ishlab chiqamiz”, - deydi Nepal Turizm boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Bimal Kadel.

Mamlakatdagi dunyoning eng baland nuqtasi hisoblanmish Everest cho‘qqisiga olib boruvchi yo‘lda O‘zbekiston bayrog‘i tushirilgan, “O‘zbekiston” so‘zi yozilgan Qashqadaroning an’anaviy o‘tovlaridan biri o‘rnatilishi rejalashtirilmoqda.

Bundan ko‘zlangan maqsad dunyoning turli go‘shalaridan kelayotgan xorijlik sayyohlarga O‘zbekiston madaniy merosi namunalarini namoyish etish va targ‘ib qilishdir.

Yangiliklar lentasi
0