TOShKENT, 20 dek – Sputnik. “UzAuto Motors” kompaniyasining Xorazm filiali ikki yuz minginchi “Damas” atvomobilini ishlab chiqardi. Bu haqda “Avtosanoat” axborot xizmati ma’lum qilmoqda.
Bugungi kunda ushbu korxonada “Damas” va “Labo” avtomobillari ishlab chiqarilmoqda.
“UzAuto Motors”ning Xorazm filialidan 200 minginchi bo‘lib chiqarilgan Yubiley model bu — “Damas” avtomobili bo‘ldi.
“UzAuto Motors” Xorazm avtomobil zavodiga 2013-yil asos solingan. 2014-yil 6-yanvarda zavodda ilk bor “Damas” avtomobili ishlab chiqarilgan.