Mirziyoyev davlat xaridlari tizimiga doir qarorni imzoladi

CC0 / pixabay / Rukopojatie
Rukopojatie - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2020 yil 1-yanvardan ayrim xo‘jalik jamiyatlari va strategik ahamiyatli korxonalar xaridlarni amalga oshirishdan oldin davlat xaridlari bo‘yicha maxsus axborot portalida e’lon joylashtiradi.

TOShKENT, 6 dek - Sputnik. “Davlat xaridlari tizimini yanada takomillashtirish va davlat xaridlari jarayoniga tadbirkorlik subyektlarini keng jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” prezident qarori  qabul qilindi.

Vistavka v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Kredit, lizing va subsidiya: traktorlar xarid qilishga doir qaror loyihasi tayyorlandi

Qarorga muvofiq, 2020-yil 1-yanvardan ayrim xo‘jalik jamiyatlari va strategik ahamiyatli korxonalar xaridlarni amalga oshirishdan oldin davlat xaridlari bo‘yicha maxsus axborot portalida e’lon joylashtiradi.

E’londa xarid komissiyasi tomonidan takliflarni qabul qilib olishning 15 kundan kam bo‘lmagan so‘nggi muddati hamda qonunchilikda nazarda tutilgan axborot bo‘lishi kerak.

Shuningdek, xarid komissiyasining bayoni u rasmiylashtirilgan kuni davlat xaridlari bo‘yicha maxsus axborot portalida 2 ish kuni muddatga jamoatchilik muhokamasiga joylashtiriladi.

2020 yil 1-apreldan boshlab budjet tashkilotlarining chet el valyutasidagi mablag‘lariga nisbatan Moliya vazirligi G‘aznachiligida shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari ochish orqali g‘azna ijrosi mexanizmi joriy etiladi.

Bundan tashqari, qaror bilan kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra Tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) xarid qilishning alohida tartibi belgilanadigan, xo‘jalik jamiyatlari va strategik ahamiyatga ega korxonalarning yangilangan ro‘yxati tasdiqlandi.

Passajir derjit posadochnie taloni na samolet kompanii Air Berlin - Sputnik O‘zbekiston
CLICK foydalanuvchilari aviachiptalarni MAK saytidan xarid qilish imkoniga ega bo‘ldi

Shuningdek, endilikda ushbu alohida tartib ustav fondida (kapitalida) strategik xaridorlarning ulushi mavjud bo‘lgan tashkilotlarga joriy etilmaydi.

Kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, endilikda, vazirlik (idora, muassasa) va uning tarkibidagi tashkilot (muassasa) o‘rtasida tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning xarid qilinishida davlat buyurtmachilari tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuziladi.

Hozirga qadar ushbu qoida faqat vazirlik (idora, muassasa)ning tarkibidagi tashkilotlar (muassasalar) o‘rtasida tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning xarid qilinishiga taalluqli bo‘lgan.

Shuningdek, endilikda xodimlari umumiy sonining kamida 50 foizi nogironligi bo‘lgan shaxslardan iborat bo‘lgan yuridik shaxslardan tovar (ishlar, xizmatlar) to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida xarid qilinadi.

 

Yangiliklar lentasi
0