Dmitriy Verxoturov
O‘zbekistonda havo sezilarli sovidi. Tungi harorat -6 gacha pasaydi, hatto janubiy Surxondaryo viloyatida ham 27chidan 28chiga o‘tar kechasi harorat tunda -5 gacha pasayib ketdi. Bu qishki ob-havo, deb yozadi muallif.
Achinarlisi, kvartira va uylarda harorat sovib ketdi; ayrim tumanlardagi gaz quvurlarida bosim shunchalik pasayib ketgan-ki, gaz plitasida ovqat tayyorlash ham imkoni yo‘q. Yuqorida tilga olingan Surxondaryo viloyatida "Hududgaz Surxondaryo" MChJ mutaxassislari hech bo‘lmasa muhim davlat obyektlari, harbiy va tibbiyot muassasalarini gaz bilan ta’minlash uchun qattiq harakat olib borishmoqda. Ular hatto Termiz shahridagi restoran va kafe egalarini 2020-yil 1-apreligacha gaz tarmog‘idan uzib qo‘yishlari xaqida ogohlantirib qo‘yishdi.
Umuman olganda, gaz ta’minotiga taaluqli yangiliklar – deyarli frontdan kutilayotgan xabarlar kabi. O‘zbekistonning boshqa mintaqalarida ham, ayniqsa, Qoraqalpog‘iston kabi tez-tez "muzlab" turadigan mintaqada, holat yaxshi emas. Qishki yoqilg‘i va tabiiy gaz yetishmovchiligi muammosi O‘zbekiston uchun odatiy hol bo‘lib ulgurgan, sovuq to‘g‘risida shikoyatlar ancha yillardan beri tushib kelmokda. Bunday holatlarga tushuntirishlarni keltirilishi ham odatiy hol bo‘lib qoldi.
Gazchilar odatda aholi tomonidan gaz asossiz ko‘p va hisobsiz, va ko‘p holda o‘g‘rilikcha foydalanayotganini bahona qilishmokda. Aholi esa o‘z o‘rnida O‘zbekistondan gaz eksporti ular hisobiga (yetkazib berilayotgan hajm pasayishi hisobiga) amalga oshirilayotganini ro‘kach qilmokda.
Oxirgi paytlarda sabzavotlarni eksportga yetishtirayotgan issiqlik xo‘jaliklari xisobiga gaz ta’minoti pasayib ketganligi xam baxona, sabab sifatida ko‘rsatilmoqda. Bu keltirilgan sabalar ichida xaqiqatga yaqini xam borligini xisobga olgan xolda kechayotgan xolatlarga o‘z fikrimizni va sabablarini bildirishni lozim topdik.
O‘zbekiston qishda kanday isitiladi
Isitish mavsumi havo harorati +8 gradusdan pasayib ketgandagina boshlanadi. Mos ravishda isitish mavsumi hisoblanib chiqadi, Toshkent shaxri uchun 159 kunni tashkil etadi (ichida 30 kun 0 darajadan past xaroratda), Termiz uchun 91 kun minus darajalarsiz. Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoq shahri eng sovuq mintaqa sanaladi, isitish mavsumi 271 kunni tashkil etadi, undan 104 kun minus darajali kunlar. Bu uzoq yillik o‘rtacha ko‘rsatkichlar.
Shunday kilib, Qoraqalpog‘istonni hisobga olmagan xolda, O‘zbekistonda yashash binolarini jadal isitish davri markaziy va shimoliy viloyatlar uchun 1 dan 2,5 oygacha bo‘lgan davrni tashkil etadi, respublika janubida esa jadal isitish ko‘p ham talab etilmaydi. Birok shu vaqtning o‘zida havoning qisqa muddatli, lekin juda noqulay sovub ketishi holatlari kuzatiladi.
Mening fikrimcha, muammoning negizi quyidagini tashkil etadi. Birinchidan, qisqa muddatli isitish davri gazni yuqori iste’molini keltirib chiqaradi. Iliq kuz-bahor oylarida, shuningdek iliq qish oylarida ko‘p miqdorda gaz talab etilmaydi, chunki gaz taqsimlash tarmoqlarining o‘tkazish salohiyati juda past. Ikkinchidan, shu kunlarda kuzatilayotgan havoning keskin sovushi, gazning yana ham ko‘proq iste’molini keltirib chiqaradi, va gaz iste’molining mos ravishdagi keskin o‘sishi gaz quvurlarining o‘tkazish salohiyati chegarasidan yuqori.
Gaz bosimi pasayishi va gazning o‘tkir yetishmovchiligi holati vujudga keladi.
Extiyojning o‘sishi haqida
Isitish extiyojlari uchun gaz sarfi, albatta, sezilarli o‘smoqda. Oxirgi yillarda O‘zbekistonda qurilishlar misli ko‘rilmagan darajada o‘sdi. 2006-yilda turar joylar ja’mi maydoni 379,3 million kv. metrni, shu jumladan 70,6 mln kv.metr kvartiralarni tashkil qilgan bo‘lsa, 2009-2015 yillarda qo‘shimcha 70,2 million kv.metr, shu jumladan 19 million kv.metr kvartiralar foydalanishga topshirilgan. Turar joylar maydoni o‘rtacha bir yillik o‘sishi ko‘rsatkichini 10 million kv.metr deb shartli hisobga olsak, 2019-yil turar joylar fondi ko‘rsatgichi qariyb 500 mln. kv.metrni tashkil etishi mumkin.
Va bu turar joylarni qishda isitish kerak. Issiqlikning meyoriy sarfi oyiga 1 kv.metrga 0,0363 GKalni tashkil etadi. Va shu butun turar joylar maydonini isitish uchun bir oyda 18,4 mln Gkal issiqlik, va yoki 1 Gkal issiqlik uchun 170 kub.metr gaz sarflansa, gazning ja’mi bir oylik sarfi 3,1 milliard kub.metrni tashkil etadi.
Ma’lumki, O‘zbekistonda 2019-yil yanvar-oktabr oylarida 20,8 mln GKal issiqlik ishlab chiqarildi (bunga 4,2 milliard kub.metr sarflanadi). Shu issiqlikni uylarni isitishga yo‘naltirsa, mavjud issiqlik resurslari isitish mavsumining atigi 1,3 oyiga yetadi.
Bu holatda isitish ehtiyojlari uchun sarflanadigan manbalar sarfi bo‘yicha chalkashlik yuzaga keladi. Bu yerda yuqorida ko‘rsatilgan ko‘rsatkichlarda keltirilgan maydonlardan qay biri markaziy isitish tizimi tomonidan isitilishi va qay birida bevosita individual uskunalarda va kozonlarda isitilishini aniqlash imkoniyati yo‘k.
Undan tashqari, ularning nisbati o‘zgarib turadi. O‘zbekiston Prezidenti qarori bilan 2017-yil 20-aprelda tasdiqlangan 2018-2022 yillarda issiqlik ta’minoti tizimini rivojlantirish dasturi mavjud, va bunga asosan shaxsiy kvartira ichida o‘rnatiladigan isitish tizimlarini o‘rnatish bo‘yicha rejalar belgilab berilgan. Bu rejaga ko‘ra, bu tizimlar 2022-yilgacha 140,39 ming xonadonlarda (kvartiralarda) o‘rnatilishi rejalashtirilgan, shu jumladan 53,4 ming xonadonga 2018-2019 yillar davomida.
Bu reja amalga oshirilganini aniq aytish qiyin. Lekin 53,4 ming xonadon – bu taxmiman 2680 ming kv.metr yashash maydoni, va uni isitishga 13,4 mln.kub.metr gaz sarflanadi (1 kv.metr yashash maydinini isitish uchun 5 kub metr gaz sarfi meyori qabul kilindi; bu meyor avtonom isitish tizimlarini ishlatish tajribasidan kelib chiqqan).
Bu faqatgina davlat dasturi doirasida. Xonadon ichi gazda isitiladigan isitish tizimlarini qancha uy egalari o‘z xisobiga o‘rnatganini o‘zbek gazchilari xam o‘zlari aniq ayta olishmaydi. Bunday tizimlarda gaz sarfi har xil bo‘lishi mumkin va meyorlardan farq qilishi mumkin.
Umuman olganda, qurilish templari o‘sganligi va individual isitish tizimlarini ko‘payishi gazning sovuq havoda o‘ta baland sarfiga olib keldi. Shunchali darajada oshdiki, gaz yetkazish tizimi va gaz taqsimlash tizimi kerakli gaz hajmini yetkazib berishi vazifasini uddalay olmay qo‘ydi. Bilishimizcha, qish davrida gaz quvurlari tizimida odatiy avariya xolatlarini asosiy sabablaridan biri, quvurlarga bir oz gaz xajmini oshirgan xolda bosimni oshirilishi.
Gaz omborlari zarur
Mening fikrimcha, bu azaliy muammoning yechimi sifatida qish paytida gazning yuqori sarfi kuzatilayotgan tumanlar yaqinida qurilgan Yer osti gaz omborlari (YeOGO) bo‘lishi mumkin. Yoz va kuz oylarida ularga gaz to‘planishi va qishda gaz bu omborlardan gaz ta’minoti tizimiga yetkazib beriladi. Gaz zaxirasi isitish mavsumida ehtimoliy sovib ketish hisobi olingan holda hisoblanadi. Rossiyada "Gazprom" o‘z gaz omborlari tarmog‘iga ega, ularning zaxirasi magistral gaz quvurlari orqali yetkazib berilishi va qish sovuqlarida yuqori sarflar paytida ta’minlash uchun yetarli. O‘zbekiston bu tajribani o‘zida bir oz o‘zgartirish bilan qo‘llashni tadbiq etsa maqsadga muvofiq bo‘lardi. Unchalik katta bo‘lmagan gaz omborlari kifoya qiladi (misol uchun "Gazli" YeOGO), 200-300 mln kubometr gaz sig‘imli va joylashuvi yuqori sarfli tumanlarda va rivojlangan gaz taqsimlash tizimi bilan.
Mahalliy gaz taqsimlash tizimlari qoshida gazolderlarni o‘rnatish ham muammoni yaxshi yechimlaridan biri bo‘lar edi. Bu yetarlicha kattagina inshoot bo‘lib, 50 ming kub.metr sig‘imli gazolder 60 metr diametrdagi inshoot bo‘lishi mumkin. Bunday inshootlar sovuq va yuqori sarfli paytlarda gaz ta’minotini quvvatlab turish imkonini beradi.
Albatta, maishiy sektorda gaz sarfini kamaytirish maqsadga muvofik bo‘lardi. Biroq, iste’molchilarni tejamkor uskunalarga o‘tishga majburlash uchun juda ko‘p vaqt va kuch talab etiladi. Ikkinchidan, bu ko‘p ham kafolat bo‘la olmaydi, chunki iste’mol sarfi uylar qurilishi va yangi yashash maydonlari topshirili sayin oshib boradi. O‘zbekiston isitish tizimi ehtiyojlarini o‘z gazi bilan ta’minlashi mumkin, fakat unga o‘ziga xos gaz transport tizimi va gaz taqsimlash tizimi kerak.